Qarshi shahrida joylashgan “Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi”da Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati hamkorligida “Qashqadaryo viloyatida kommunal xo‘jalik sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.

Mazkur jamoatchilik eshituvida Qashqadaryo viloyati hokimining 2021-yil 8–fevraldagi HQ-103/02-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 201-bandining ijrosi bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosari va kommunal xo‘jalik sohasiga oid davlat tashkilotlari vakillarining hisobotlari eshitildi.

Eshituvda viloyat aholisini ichimlik suvi, elektr va gaz bilan taʼminlash, uning sifatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarning holati jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi. Jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan joylarda infrastrukturaviy loyihalarni amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, kichik energosamarali loyihalarni qo‘llab˗quvvatlash zarurligi aytildi. Takliflar orasida kommunal sohaga xususiy sektorni faol jalb etish, biznes subyektlarga subsidiyalar taqdim etish va sharoitlar yaratish orqali uning jozibadorligini oshirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

21-06-2021 |
Foto galereya