Sessiyada viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hududni 2020 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2021 yilgi rejalar yuzasidan deputatlar, viloyat aholisi va keng jamoatchilikka murojaat qildi.

Shu kuni murojaatdan sо‘ng matbuot anjumani ham tashkil etildi.

Assalomu alaykum, Aziz yurtdoshlar !

Hurmatli deputatlar, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!

Amalga oshirilgan ishlar, bajarilmagan kо‘rsatkichlar.

Og‘ir sinov va mashaqqatlar bilan kechgan 2020 yilni (Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili) yakunlab, yangi 2021 yilni qarshi olish arafasidamiz.

Bugun Sizlar bilan birgalikda yakunlanayotgan yilni sarhisob qilib, kelgusi yil uchun ustuvor yо‘nalish va vazifalarni belgilab olishimiz lozim.

1. Pandemiya bо‘lishiga qaramasdan, joriy yil 1 dekabr holatidagi iqtisodiy kо‘rsatkichlarni, о‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda:

Yalpi hududiy mahsulot 100,6 foizni, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 102,4 foizni, xizmat kо‘rsatish 102,5 foizni, qishloq xо‘jalik mahsulotlari yetishtirish 102,7 foizni, pudrat ishlari 103,1 foizni tashkil qilib, о‘sish ta’minlandi.

Lekin, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (99,7 %) va chakana savdo (97,5 %) hajmlari о‘tgan yilga nisbatan kamaydi.

Sanoat. 11 ta respublika tasarrufidagi yirik hamda 10 ta hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarish hajmi 1,4 trln.sо‘mga kamaygan.

Chakana savdo. Pandemiya sababli ma’lum muddat bozorlar va savdo komplekslari о‘z faoilyatini tо‘xtatdi.

Aholi jon boshiga, halq iste’moli mollari ishlab chiqarish 26 ming sо‘mga, xizmatlar 270 ming sо‘mga, qishloq xо‘jaligi mahsulotlari 730 ming sо‘mga, pudrat ishlari 124 ming sо‘mga, markazlashmagan investitsiyalar hajmi 140 ming sо‘mga oshdi.

Aholining real daromadlari bir kishiga о‘rtacha 1 mln. 987 ming sо‘mni tashkil qilib, 121 ming sо‘mga о‘sdi.

Sanoatda, Kasbi (120%), Qamashi (115%) va Chiroqchi (110%) tumanlarida yuqori о‘sish sur’atlari kuzatilgan bо‘lsa, Qarshi (74%) va Muborak (71%) tumanlarida pasayish bо‘ldi.

Halq iste’moli mollari ishlab chiqarish, Yakkabog‘ tumani (122%), Shahrisabz shahri (113%) va Kasbi tumanida (105%) oshgan bо‘lsa, Muborak tumani (98%)da о‘tgan yilga nisbatan kamayish kuzatildi.

Xuddi shunday, xizmat kо‘rsatishda Dehqonobod (110%), Nishon (106%) va Kasbi (105%) tumanlarida kо‘rsatkichlar yuqori bо‘lgan bо‘lsa,

Shahrisabz shahri (101%) hamda Shahrisabz (102%) va Yakkabog‘ (101%) tumanlarida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmadi.

2. Iqtisodiyotning barcha yо‘nalishlar bо‘yicha 1 trln. 508 mlrd. sо‘m investitsiyalar hisobiga 809 ta loyihalar ishga tushirildi.

Xususan, sanoat sohasida 148 ta (508 mlrd.sо‘m), xizmat kо‘rsatishda 406 ta (615 mlrd.sо‘m), qishloq xо‘jaligida 255 ta (385 mlrd.sо‘m) loyihalar ishga tushdi.

Loyihalar hisobidan 7 540 ta yangi ish о‘rinlari yaratildi va  75 mlrd.sо‘mlik qо‘shimcha soliq bazasi yaratildi.

Iqtisodiyotga 1 mlrd. 9 mln.dollar xorijiy, shundan 256 mln. dollar (22%) tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri investitsiyalar jalb qilindi.

Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi, о‘tgan yilga nisbatan 103 mln.dollarga oshdi.

Masalan, tadbirkor Nasirov Maxmud Shukurullayevich tomonidan 167 mlrd.sо‘m investitsiya evaziga yiliga 7,5 ming tonna aralash ip kalava, 1 ming tonna xom trikotaj mato ishlab chiqarish quvvatiga ega "SHAHRISABZ TEXTILE" MCHJ korxonasi ishga tushirilib, 270 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi.

Xuddi shunday, "SHAKHRISABZ SILK PRODUCTION" MCHJ tomonidan yiliga 1 ming tonna pillani qayta ishlab 350 tonna ipak tolasi ishlab chiqarish bо‘yicha 50 mlrd.sо‘mlik loyihani amalga oshirib 250 ta ish о‘rni yaratgan tadbirkorlarga minnatdorchilik bildiramiz (Asadov Sherzod Ilxamovich).

Mahalliylashtirish dasturi bо‘yicha 30 ta loyiha doirasida 54 mlrd. sо‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi (prognoz 101%) va natijada 5,2 mln. dollar valyuta tejaldi.

Qarshi shahridagi “Bes elektroniks sistem” MCHJda zamonaviy televizorlar (49 va 55 dyumli), Qarshi tumanidagi “Promaks” MCHJda tо‘lov terminallari kabi import о‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, Shahrisabz shahar, Koson, Kasbi, Mirishkor tumanlarida birorta mahalliylashtirish loyihalari mavjud emas.

Bundan tashqari, viloyatda ishlab chiqarilishi mumkin bо‘lgan kafel va yog‘och qirrindili plitalar (DSP) ham chetdan import qilinmoqda.

Mavjud 10 ta kichik sanoat zonasida (29,2 gektar) joylashtirilgan 67 ta loyihadan, 45 tasi ishga tushirilib 27 mlrd.sо‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va 475 ta ish о‘rinlari yaratildi.

Shuning bilan birga Chiroqchi erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish 2019 yilda boshlangan bо‘lsada, bugungi kunga qadar birorta arzirli loyiha taklif etilmagan, ish boshlanmagan.

Yoki, kichik sanoat zonalarida 62 ta lotlar hanuzgacha loyiha tashabbuskorlariga berilmagan.

Sanoat zonalaridagi, Kitob tumanida 3 ta, Qarshi tumanida 2 ta, Shahrisabz shaharda 1 ta korxona 1 yildan buyon faoliyatini tо‘xtatgan.

Natijada 9,1 mlrd.sо‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilmadi, 24,3 mln.sо‘mlik soliq tushmadi, 54 ta ish о‘rni yaratilmadi.

Lot ajratib berilganiga bir yildan oshgan bо‘lishiga qaramay 103 mlrd.sо‘mlik 15 ta loyihalar ishga tushurilmaganligi natijasida 235 ta ish о‘rni yaratilmasdan qoldi.

Kitob tumanida 7 ta, Chiroqchi tumanida 3 ta, Qarshi tumanida  2 ta, Qamashi, Muborak tumanlari va Shahrisabz shahrida 1 tadan.

3. Respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish borasida mustahkam huquqiy asos yaratildi.Jahon tajribasidan ma’lumki, kambag‘allikni qisqartirishning yagona yо‘li – tadbirkorlikni rivojlantirish!

Pandemiyaning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini yumshatish, ularni qо‘llab-quvvatlash maqsadida Hurmatli Prezidentimizning 20 ga yaqin Farmon va Qarorlari qabul qilindi.

Natijada, viloyat tadbirkorlari quyidagilarga ega bо‘ldi:

- soliq imtiyozlari evaziga 8 984 ta kichik biznes subyektlari ixtiyoriga 228 mlrd.sо‘m, 3 675 ta YATTlarga 1,8 mlrd.sо‘m mablag‘ qoldi;

- 344 ta tadbirkorga 109  mlrd.sо‘m miqdoridagi jarimalarni qо‘llash 6 oyga tо‘xtatildi;

- 5 786 ta tadbirkorlarning 576 mlrd.sо‘mlik kreditlarini qaytarish muddati uzaytirib berildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasidan 2 589  nafar tadbirkorga 440 mlrd.sо‘m moliyaviy kо‘mak kо‘rsatildi.

Islohotlar samarasida aholining ishonchi va qiziqishi ortib, tadbirkorlik rivojlanmoqda.

Viloyatda 54 569 ta kichik tadbirkorlik subyektlari davlat rо‘yxatidan о‘tgan (25 155 ta yuridik, 29 414 ta YATT).

Kichik biznesning ulushi yalpi hududiy mahsulotda 69 foizni, (2019 yil yakunida 60,1%), sanoatda 34 foizni, xizmat kо‘rsatishda 70 foizni, byudjet tushumida esa 57 foizni tashkil etadi.

Mavjud tadbirkorlik subyektlarining 43 foizdan ortig‘i о‘tgan 3 yilda tashkil etilganligini alohida ta’kidlash lozim.

Natijada, bugungi kunda har 1000 iqtisodiy faol aholiga tо‘g‘ri keladigan subyekt soni 18 birlikka yetdi (2016 yilda 10 birlik bо‘lgan)

2020 yilning о‘tgan 11 oyida 4 725  ta, о‘tgan yilning mos davriga yoki belgilangan yillik rejaga nisbatan 77 foiz yangi kichik biznes subyektlari tashkil etildi (reja 6 160 ta).

Koson (114%), Nishon (109%) va Chiroqchi (90%) tumanlarida ish yaxshi tashkil qilindi.

Shahrisabz shahar (53%), Kasbi (63%), Shahrisabz (64%) va Qarshi (65%) tumanlarda aholini tadbirkorlikka faol jalb etish bо‘yicha yetarli ish olib borilmadi.

Yil yakuni bо‘yicha ham Shahrisabz shahar (64%) Qarshi tumani (73%) va Qarshi shahrida (90%) rejani bajarilmaslik havfi kutilmoqda.

2019 yilda yangi tashkil etilgan 4 234 ta korxonalar hisobiga 9 863 ta yangi ish о‘rni yaratildi va 202 mlrd. sо‘m soliq tо‘lovlari amalga oshirilgan.

Ya’ni, bugungi kunda 1 ta yangi kichik biznes subyektiga о‘rtacha 48 mln.sо‘m soliq tо‘lovlari va 2,3 birlik yangi ish о‘rinlari tо‘g‘ri kelmoqda.

Soliq summasining yuqori kо‘rsatkichi Qarshi shahar (142 mln. sо‘m) hamda Muborak (37 mln.sо‘m), Yakkabog‘  (34 mln.sо‘m), Koson (34 mln.sо‘m) tumanlariga tо‘g‘ri kelsa,

past kо‘rsatkich Dehqonobod (8 mln.sо‘m), Kitob  (16 mln.sо‘m), Shahrisabz (16 mln.sо‘m) tumanlari hamda Shahrisabz (14 mln.sо‘m) shahriga tо‘g‘ri keladi.

Shuningdek, ish о‘rinlari yaratilishi Muborak (6,2 birlik), Yakkabog‘ (2,9), tumanlari hamda Qarshi (3,5) shahrida nisbatan yuqori bо‘lsa,

Dehqonobod (1), Nishon  (1,5), va Mirishkor (1,5) tumanlarida nisbatan past.

Korxonalarning yashovchanlik kо‘rsatkichini oshirish bо‘yicha ishlar qoniqarli ahvolda emas.

Mavjud korxonalarning 10-12 foizini faoliyat yuritmasligi iqtisodiyotda normal holat.

Joriy yil 1 dekabr holatida 4 343 ta yoki rо‘yxatdan о‘tgan kichik biznes subyektlarining 17 foizi faoliyatsiz.

Qamashi (26 %), Qarshi (25 %), Muborak (25 %) va G‘uzor (24%) tumanlarida faoliyatsiz subyektlarining ulushi yuqoriligicha qolmoqda.

Joriy yilning о‘tgan davrida esa 889 ta subyektning faoliyati tiklandi (faoliyatsizlarning 21 foizi).

Jumladan, Qamashi tumanida 138 ta, Nishonda 62 ta, Chiroqchida 60 ta, Qarshi shahrida esa 136 ta korxona qayta ishga tushirilgan.

Lekin, Qarshi  (90  foizi tiklanmagan), Dehqonobod (88 foiz), Koson (85  foiz), tumanlarida bu yо‘nalishda ishlar yetarlicha tashkil etilmagan.

О‘tgan 11 oyda Bosh vazir qabulxonalariga 6 176 ta murojaat kelib tushgan.

Tadbirkorlar bildirgan muammo va masalalardan 94 foizini hal etilganligi, ularning aksariyati bо‘yicha yechim borligini kо‘rsatmoqda.

Shunday bо‘lsada, tadbirkorlar murojaatlarida bо‘sh yer va bino ajratish, muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, kredit olish va garov ta’minoti, mansabdor shaxslarning harakati va harakatsizligi ustidan shikoyatlar asosiy о‘rinda qolmoqda.

Misol uchun, tadbirkorlarni qiynayotgan asosiy muammo – yer masalasi bо‘yicha Yakkabog‘ (158 ta, murojaatlarni 37 foizi), Kasbi (131 ta, 28%), Qamashi (126 ta, 28%), Mirishkor (93 ta, 25%), Shahrisabz (109 ta, 24%), tumanlarida kо‘plab murojaatlar mavjud.

Viloyat bо‘yicha xatlovda aniqlangan 3 174 ta yer uchaskasidan, 1 836 tasi yoki 58 foizi auksionga chiqarilgan.

Auksionda chiqqan yerlarning esa 40 foizi (729 tasi) tadbirkorlarga sotilgan xolos.

Masalan, Chiroqchi tumanida bor-yо‘g‘i 30 ta (15%), Dehqonbod tumanida 31 ta (21%), Mirishkor tumanida 46 ta (21%) yer uchaskalari sotilganligi tushunarsiz holat.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bо‘yicha 13 929 ta loyihalarga 422 mlrd.sо‘m kreditlar ajratildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 22 ming aholini bandligi ta’minlandi.

Pullarni о‘zlashtirishda, Qarshi shahar (51 mlrd.sо‘m, rejaga nisbatan 178%), Nishon tumani (42 mlrd.sо‘m, 170%), Chiroqchi tumani (45 mlrd.sо‘m, 158%), Qarshi tumani (37 mlrd.sо‘m, 139%) yaxshi ish tashkil qildilar.

Lekin, G‘uzor (14 mlrd.sо‘m, 55%), Muborak (17 mlrd.sо‘m, 76%) va Dehqonobod (17 mlrd.sо‘m, 77%) tumanlarida qoloqlikka yо‘l qо‘yildi.

Hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 844  ta loyihaga 30 mld.sо‘m (reja 25 mlrd.sо‘m) kredit ajratilgan.

Natijada 1 386 ta yangi hunarmand paydo bо‘ldi (reja 900 ta, 154 %) va ularga 5 259 ta shogirdlar biriktirildi (reja 1 547 ta, 340 %).

О‘tgan 11 oyda 6 645 mingta ish о‘rinlari yaratilib, sohada band bо‘lganlarning soni 11 720 nafarga yetdi.

Joriy yilda Qarshi shahrida “Hunarmandchilik markazi” foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, yirik bozor va savdo majmualarida 95 ta hunarmandlarga savdo rastalari ajratib berildi.

Ayolllar tadbirkorligi rivojlantirish maqsadida 530 ta loyihalarga 8,2 mlrd.sо‘m kreditlar ajratildi.

4. Joriy yilda 809 ming tonna boshoqli don va 383 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirilib, hosildorlik mos ravishda 40 va 28 sentnerni tashkil qildi.

Sof foyda g‘allachilikda 312 mlrd.sо‘m (rentabillik 24 %), paxtachilikda 251 mlrd.sо‘m (ren 16,3%) bо‘ldi.

19 mlrd.sо‘m mablag‘ evaziga 11 ming gektar oborotdan chiqib ketgan yerlar qayta foydalanishga kiritildi.

Suv chiqarishga 47 mlrd.sо‘m mablag‘ sarflanib, 5,5 ming gektar lalmi yerlar о‘zlashtirildi.

118 gektar (aholi xonadonlari bilan birgalikda) yangi issiqxonalar tashkil qilinib, 610 gektarga yetdi (jamining 19 %).

92 ta (82 mlrd.sо‘m) qoramolchilik, 10 ta (9 mlrd.sо‘m) parrandachilik, 12 ta (16 mlrd.sо‘m) baliqchilik, 4 ta (1,2 mlrd.sо‘m) asalarichilik loyihalari amalga oshirildi.

3 450 bosh yirik va 3 400 bosh mayda shoxli mollar hamda 75 ta zotdor otlar chetdan olib kelindi.

Jami 18 mlrd.sо‘mlik, xususan, bog‘dorchilikda va uzumchilikda 7 mlrd.sо‘m, paxtachilikka 9 mlrd.sо‘m, chorvachilikka 2 mlrd.sо‘m, parrandachlikka 32 mln.sо‘m subsidiyalar ajratildi.

Qishloq xо‘jaligi uchun 644 mlrd.sо‘mga yuqori unumli 1 780 ta texnikalar olib kelindi.

5. Joriy yilning 11 oyida 117 mln.dollarlik eksport amalga oshirilib, yillik prognozni bajarilishi 58 foizni tashkil qildi.

Eksport prognozi Dehqonobod (136 %) va Kasbi (125 %) tumanlarida bajarildi.

Mirishkor (24%), Yakkabog‘ (41%), Qarshi (38%), Chiroqchi (54%) va Muborak (65%) tumanlarida bajarilmadi.

6. Viloyatda ishsizlik darajasi 11,4 foizni (yil boshida 9,3%) tashkil qiladi (155 ming nafar).

Barcha manbalar hisobidan 27 231 ta yangi ish joylari yaratilib, prognoz 197 foizga bajarildi (prognoz 13 817 ta).

Yaratilgan ish joylarining 81 foizi (22 095 ta) tadbirkorlik hisobiga tо‘g‘ri kelmoqda.

Xorijdan qaytgan 20 320 nafar migrantlardan 9 387 tasi (46%) ishga joylashtirildi.

35 403 nafar fuqarolar haq tо‘lanadigan jamoat ishlariga qamrab olindi.

7. Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida 271 km yо‘llar, 140 km ichimlik suvi, 18 km oqova suv, 14 km tabiiy gaz va 7 334 km elektr tarmoqlari qurildi va ta’mirlandi.

Qishloq joylarda 1 385 xonadonli 350 ta, shaharlarda 620 xonadonli 9 ta uy-joylar qurildi va talab 14 foizga qondirildi.

8. 470 ta shundan, 14 ta davlat, 7 ta davlat-xususiy sherikchilik va 449 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etildi.

Natijada maktabgacha ta’limga bolalarni qamrovi yil boshidagi 39 foizdan 44 foizga yetdi.

Yoshlarni sportga qamrovi yil boshidagi 17 foizdan 20 foizga, san’atga qamrab olish 10 foizdan 19 foizga oshdi.

57 mlrd.sо‘m hisobiga 17 ta tibbiyot muassasasi kapital rekonstruksiya qilindi

77 ta yangi xususiy tibbiyot muassasalari (4 330 о‘rin) tashkil etilib, ularning soni 502 taga yetkazildi.

Tibbiyot muassasalariga mahalliy byudjetdan 3 mlrd. sо‘mlik tibbiy asbob-uskunalar olib berildi

9. Kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va ayollarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida “temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” tizimi yо‘lga qо‘yildi.

“Temir daftar”ga kiritilgan 69 181 oilaning (a’zolari 298 ming nafar) 71 516 nafar mehnatga layoqatli ishsiz a’zosidan 64 448 ming nafari yoki 90 foizini bandligi ta’minlandi.

Lekin, bandligi ta’minlanganlarning 75 foizi (48 556 nafar) о‘zini-о‘zi band qilish yо‘nalishiga tо‘g‘ri keladi.

Vaholanki, о‘zini-о‘zi band qilish bu doimiy ish haqi oladigan ish joyi emas, ular oldin ham shu faoliyat bilan shug‘ullanib kelishgan.

Bandligi ta’minlanganlarning 1-sektorda 70 foizi, 2-sektorda 79 foizi, 3-sektorda 81 foizi, 4-sektorda 71 foizi о‘zini-о‘zi band qilganlar safida turibdi.

Masalan:

1 sektor bо‘yicha Shahrisabz (97%) va Qarshi (92%) shaharlari;

2-sektor Kitob (97%), Chiroqchi (97%) Kasbi (93%) tumanlari;

3-sektor Kitob (99%), Qamashi (96%) tumanlari va Shahrisabz shahar (90%);

4-sektor bо‘yicha Koson (86%), Qarshi (85%) tumanlari va Qarshi shaharda (84%) ahvol yaxshi emas.

Saxovot va kо‘mak” umumhalq harakati doirasida 94 mlrd. sо‘mlik yordamlar kо‘rsatildi.

Jumladan 51 mlrd.sо‘m naqd pul, 38 mlrd.sо‘mlik oziq-ovqatlar, 5 mlrd.sо‘mlik dori-darmon va boshqa yordamlar kо‘rsatildi.

“Inter mecherins servis” korxonasi 500 mln.sо‘m, “Koson baxt tekstl” va “Litay tekstl” korxonalari 200 mln.sо‘mdan, Qarshi shahar Xontepa mahallasida yashovchi Shukurov Shuxrat Anvarovich 50 mln.sо‘m, Kamandi mahallasida yashovchi Kamolov Oybek Xamrayevich 15 mln.sо‘m mablag‘ni Jamg‘armaga beg‘araz о‘tkazib berdilar.

Mablag‘ о‘tkazgan 2 547 ta korxonalar va 339 nafar fuqarolar doimiy e’tiborda bо‘ladilar.

VAZIFALAR.

2020 yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot 101,8 %ga (32,3 trln.sо‘m), sanoat 100,5 %ga (14,0 trln.sо‘m), qishloq xо‘jaligi  103,3 %ga (21,3 trln.sо‘m), pudrat ishlari 103,2 %ga (4,7 trln.sо‘m), xizmatlar 103 %ga (9,1 trln.sо‘m) о‘sishi kutilmoqda.

Shuningdek, 31 mingta yangi ish о‘rinlari yaratilib, byudjetga  4-chorak yakunlari bо‘yicha 65 mlrd.sо‘m qо‘shimcha mablag‘ tushadi.

Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari!

Endi Sizlarni 2021 yilning asosiy prognozlari, erishiladigan natijalar va oldimizda turgan ustuvor vazifalar bilan tanishtirmoqchiman.

Xabaringiz bor yaqindagina viloyat faollari bilan о‘tkazilgan yig‘ilishda Hurmatli Prezidentimiz 2021 yilni Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish yili” deb e’lon qildilar.

2021 yilda ham makroiqtisodiy barqarorlik saqlanib qoladi.

Xususan, yalpi hududiy mahsulot 103,4 %ga (39,5 trln.sо‘m), sanoat mahsulotlari hajmi 106,1 %ga (22,5 trln.sо‘m), qishloq xо‘jaligi mahsulotlari 102,7 %ga (22 trln.sо‘m), pudrat ishlari 106,2 %ga (5,1 trln.sо‘m), xizmatlar hajmi 105,6 %ga (9,2 trln. sо‘m) о‘sishi ta’minlanadi.

 

Asosiy yondashuv, hududlarni ixtisoslashuvidan kelib chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga har tomonlama kо‘mak berish orqali aholi bandligini ta’minlash va shu asosda kambag‘allikni qisqartirish hamda yoshlar va ayollarni qо‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

1. Tadbirkorlar tomonidan amalga oshiralidagan jami 5,1 trln.sо‘mlik, 805 ta, xususan 2,8 trln.sо‘mlik 190 ta sanoat, 1,1 trln.sо‘mlik 299 ta xizmat kо‘rsatish, 1,2 trln.sо‘mlik 316 ta qishloq xо‘jaligi sohasidagi yangi loyihalarni tо‘liq ishga tushirilishida, ularga doimiy kо‘mak beriladi.

Shahar va tumanlarning har birida qiymati 100 mlrd.sо‘mdan yuqori bо‘lgan 2 tadan yirik va 10 mlrd.sо‘mdan 100 mlrd.sо‘mgacha bо‘lgan 10-15 tadan о‘rta sanoat loyihalari amalga oshiriladi.

Oqsaroy tekstil” klasteri tajribasi asosida, 5 ta paxta-tо‘qimachilik klasterlari tomonidan 292 mln.dollarlik 43,1 ming tonna tolani qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish hisobiga paxta tolasini qayta ishlash darajasi amaldagi 46 foizdan 77 foizga oshiriladi. Kamida 5000 ta yangi ish о‘rinlari yaratiladi.

Qarshi tumanida “LT Tekstl interneyshnl” korxonasining qiymati 115 mln.dollarlik 15 ming tonna aralash ip kalava ishlab chiqarish;

Kitob ip yigiruv” AJning qiymati 25 mln.dollarga teng 6,4 ming tonna ip kalava ishlab chiqarish;

Kosondagi “Bunyodkor” MCHJning qiymati 32,2 mln.yevroga teng 2 ming tonna ip kalava ishlab chiqarish;

Yakkabog‘ tumnidagi “Rus dost tekstil” MCHJning 9 mln. dollarlik investitsiya hisobiga 3,8 ming tonna ip kalava ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.

Xuddi shunday 5 ta (Qamashi, Yakkabog‘, Chiroqchi, Kitob va Shahrisabz) tumanda meva-sabzavot klasterlari tashkil etilib, 28 ming tonna mahsulotni qayta ishlash quvvatlari ishga tushirilishi hisobidan, qayta ishlash darajasi 8 foizdan, 12 foizga oshiriladi.

Qamashi tumanida “Agro vostok” MCHJ ning 10 ming tonna quvvatga ega (12 mlrd.sо‘m);

Yakkabog‘ tumanida “Sharofat ona Qaxramon qizi” MCHJning quvvati 2 ming tonna bо‘lgan (12 mlrd.sо‘m);

Kitob tumanida “Marbl indastri Kitob” MCHJning 550 tonna quvvatli (4 mlrd.sо‘m);

Yakkabog‘ tumanida “Bahor agro invest” MCHJning 350 tonna quvvatga ega (3 mlrd.sо‘m) qayta ishlash loyihalari ishga tushiriladi.

Viloyatda qurilish materiallari ishlab chiqarishda zarur 261 mln.tonna sement, 19 mln.tonna gips, 5 mln.tonna shisha xomashyosi, 16 mln.m3 tabiiy qoplamabop toshlar, 64 mln.m3 qum-shag‘al materiallari, 20 mln.m3 qurilish toshlari 18 mln.m3 keramzit xom-ashyosi zahiralari mavjud.

Kitob tumanida 3 ta, Koson, Qamashi tumanlari va Qarshi shahrida 1 tadan, 15,4 mln.dollar hisobiga qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi 6 ta yirik korxonalar ishga tushiriladi.

Kitob tumanida “Tianshan Matreals” MCHJning yiliga 60 ming tonna oxak (17 mlrd.sо‘m), "Kitob marmar zavod" MCHJning 640 ming tonna granit va marmar (34 mlrd.sо‘m), “BMAKS plastik group” MCHJning 30 ming tonna tomonidan mikrokalsit (9 mlrd.sо‘mlik) ishlab chiqarish loyihalari;

Koson tumanida “Loung Xai” xorijiy korxonasining 1,2 mln kvadrat metr gazablok (11 mlrd.sо‘m);

Qamashi tumanida "Matanat" MCHJ tomonidan 60 ming tonna gipsdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish (80 mlrd.sо‘m);

Qarshi shahrida “Sayyor” MCHJning 184 ming pogona metr polipropilen trubalar va fitinglar ishlab chiqarish (11 mlrd. sо‘m) loyihalari shular jumlasidandir.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 69 ta loyiha tomonidan 587 mlrd.sо‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 57 mln.dollarlik import hajmini qisqartirilishiga erishiladi.

26 ta kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi. Har bir hududda bittadan, ya’ni 15 tasi faqat yoshlarni ish bilan ta’minlashga mо‘ljallanadi.

2. Kichik biznesning bugungi kunda YAIMda 69 foiz ulushini, 2021 yilda 77 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Viloyatdagi 16 ta tijorat banklari hamda 45 ta filiallari о‘z binosida yoshlar va ayollarni doimiy tadbirkorlikka о‘qitishni tashkil qilib (tadbirkorlik ofislari), ularga biznes-rejalarini ishlab chiqish va kredit ajratishda yordam kо‘rsatadi.

Natijada, 10 mingta tadbirkor yangidan faoliyatini boshlaydi. Bunda oilaviy korxona tashkil etishga ustuvorlik qaratiladi.

Keyingi uch yilda tashkil etilib faoliyat kо‘rsatmayotgan 1700 ta subyektlar faoliyatini tiklashda sektor rahbarlari tomonidan nazorat mexanizmi yо‘lga qо‘yiladi.

Bugungi kunda xatlovda aniqlangan yer uchastkalaridan 382 tasini auksionga chiqarish hal etilmagan bо‘lsa, 1 090 tasi sotilmasdan turibdi.

Tuman hokimlariga mazkur masalada nazoratni о‘z qо‘llariga olib, yerlarni auksionga chiqarishni tezlashtirishi va sotilmaslik sabablarini chuqur о‘rganib, tezroq sotish choralarini kо‘rish yuklatiladi.

Viloyat hokimligi qoshida tashkil etilgan milliy iqtisodiy tahlil guruhlari tomonidan har bir shahar va tumanda о‘rganish о‘tkazilib, korxonalarga amaliy kо‘mak bergan holda mulchilik shaklini о‘zgartirish masalalari orqali qо‘shimcha soliq manbalari, hisobga olinmagan ish joylari qonunga muvofiqlashtiriladi.

Masalan, 5 ta tumanda (Kitob, G‘uzor, Qarshi, Kasbi Mirishkor) xatlov bormoqda (55 foiz о‘tkazildi).

Natija sarhisob qilinganda:

890 nafar faoliyatsiz subyektlarni nima uchun tо‘xtaganligini sabablari birma-bir о‘rganib chiqildi, endi qо‘limizga ularga qilinishi kerak bо‘lgan yordamni aniq yо‘nalishi bor;

52 ta bо‘sh turgan va samarasiz foydalanib kelinayotgan binolar aniqlandi;

364 nafar tadbirkor, mulkchilik shaklini о‘zgartirishga rozi;

282 ta subyekt esa hech joydan rо‘yxatdan о‘tmasdan faoliyat kо‘rsatmoqda (480 nafar ishchi ishlamoqda);

2200 nafar ish о‘rni va bir oyda 2,1 mlrd.sо‘m qо‘shimcha soliq bazasi aniqlandi.

Hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan “Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinika” lari tashkil etilib, faoliyatini boshladi.

Klinikalarga tadbirkorlar tomonidan bо‘layotgan murojaatlarni tuman hokimlari va sektor rahbarlari о‘z vaqtida kо‘rib chiqib, hal qilishni ta’minlaydilar.

Klinika imkoniyatlaridan foydalanib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi, tegishli viloyat boshqarmalari hamda shahar va tumanlar hokimlari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim:

Prezidentimizning 2020 yil 27 oktabrdagi (PF-6069-sonli) Farmoniga muvofiq, 53 ta davlat aktivlarini hamda 78 ta bozorlar hamda savdo komplekslarini alohida tayyorgarlik kо‘rgan holda xususiylashtirish;

Avval qabul qilingan qarorlar asosida sotilishi belgilangan 36 ta davlat aktivlarini Farmon talablari asosida hususiylashtirish choralarini kо‘rish;

Mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlari (5 ming kv.m.gacha) doirasida xususiylashtiriladigan 62 ta kо‘chmas mulk obyektlarini investorlarga sotish;

Bо‘sh turgan 10 ta davlat obyektlarini tadbirkorlarga sotish;

567 ta ma’muriy binolar, 19 ta davlat korxonalarining ishlab chiqarish obyektlari samarali ishlatilayotganini tanqidiy о‘rganib, samarasiz foydalanilayotgan bino-inshootlarni tadbirkorlarga sotish yoki ijaraga berish choralarini kо‘rishlari kerak.

3. Xizmatlar sohasining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 30 foizni tashkil etadi.

Sizga ma’lumki, bu kо‘rsatkichning о‘rtacha 60 foiz bо‘lishi rivojlanganlik darajasini ifodalaydi.

Xizmatlar sohasida 86 foiz qо‘shilgan qiymat yaratiladi (sanoatda – 42 foiz, qishloq xо‘jaligida – 58 foiz) va 1 ishchi о‘rni uchun о‘rtacha ming dollar sarflanadi (qishloq xо‘jaligida 5 ming dollar, sanoatda kamida 20-30 ming dollar).

Viloyatda xizmatlar sohasida yо‘l bо‘yi infratuzilmasini rivojlantirishga katta imkoniyatlar mavjud.

Shahar va tumanlar hududidan о‘tadigan xalqaro hamda respublika ahamiyatidagi yо‘llarda 119 ta (59,2 ga) xizmat kо‘rsatish obe’ktlarini, majmua shaklida tashkil etish uchun yanvar oyida yer konturlarini aniqlab, auksionga chiqarilishi kerak.

Majmualar, zamonaviy arxitektura talablariga mos savdo shaxobchalari, oshxona, kafe, mehmonxona, avtomobillarga xizmat kо‘rsatish shaxobchalari, motel, sanitariya uzellari va dush xizmatlarini о‘z ichiga oladi

Masalan, Chiroqchi tumani Yettitomda ishlar boshlandi. Xuddi shu tartibda, Shahrisabz, G‘uzor, Dehqonobod, Koson, Yakkabog‘, Muborak, Qamashi tumanlarida ham xizmat kо‘rsatish komplekslari qurilishi lozim.

Viloyatdagi 15 ta istirohat bog‘lari 177 gektar maydonda joylashgan, ularning 10-15 foiz hududida hamda xiyobonlarda yengil konstruksiyali savdo, umumiy ovqatlanish, kо‘ngilochar va kо‘chma savdo obyektlari tashkil etishga ruxsat beriladi.

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun keyingi yilda 650 mlrd.sо‘m kredit resurslari yо‘naltiriladi.

Shuningdek, Shahrisabz va Kitob tumanlariga yoz faslida kо‘plab sayyohlar tashrif buyurib, har bir mehmon о‘rta hisobda 1 mln.sо‘mgacha mablag‘ sarflaydi.

Agar u yerda zamonaviy sharoit va infratuzilma yaratib berilsa sayyohlar oqimi va ularni qolish davomiyligi ortadi.

Shundan kelib chiqib, Kitob tumani hududidan 3 400 gektar va  Shahrisabz tumanidan 2 700 gektar maydonda “Kitob-Shahrisabzerkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish uchun  infratuzilmani yaxshilash maqsadida Hurmatli Prezidentimizning topshiriqlariga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 20 mln.dollar ajratilmoqda.

О‘z navbatida, ushbu hududlarda 1 mingta uy-mehmonxonalari tashkil etiladi va 3 mingta ish о‘rinlari yaratiladi.

4. Katta imkoniyatlar zaxirasi mavjud bо‘lgan qishloq xо‘jaligi sohasini rivojlantirishga alohida urg‘u beriladi.

Viloyatda 81 ming gektar foydalanishdan chiqqan hamda suv zahirasi bо‘lgan lalmi va adir yerlar mavjud.

Shundan, 2021 yilda 44 ming gektari (14 ming gektar foydalanishdan chiqqan, 30 ming gektar lalmi va adir) о‘zlashtirilishi kerak.

Masalan, Shahrisabz tumanining Hisorak, Sarchashma, Sayyod, Kо‘l va G‘ilon xududlarida 3 200 gektar lalmi yerlarda kartoshka va sabzavot yetishtirish bо‘yicha kooperatsiyalar tashkil etiladi.

Bu, natijada viloyat aholisini kartoshkaga bо‘lgan talabini ichki imkoniyatlar hisobadan tо‘liq qondirish hamda 5 mingdan ortiq aholini bandligini ta’minlash imkonini beradi.

Ushbu maqsadda “Tamshush” daryosidan quvur orqali suv olib kelishga respublika byudjetidan 32 mlrd.sо‘m mablag‘ ajratilmoqda.

G‘uzor va Muborak tumanlarida о‘zlashtirilgan 10 ming gektar yerlarda klaster usulida soya yetishitirsh va qayta ishlash yо‘lga qо‘yiladi

50 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi. (tomchilab sug‘orish – 27,6 ming gektar, yomg‘irlatib sug‘orish 14,1 ming gektar, yerni lazer usulida tekislash – 8,7 ming gektar).

Chorvachilikka ixtisoslashayotgan Kasbi, Nishon, Mirishkor va Koson tumanlarining har biriga ming bosh qora molga mо‘ljallangan yirik komplekslar hamda 20 tadan 50-100 boshlik kichik bо‘rdoqichilik fermalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Paxta-tо‘qimachilik klasterlari tomonidan sut-gо‘sht yо‘nalishida har biri 1 ming boshga mо‘ljallangan 12 ta qoramolchilik, 200 boshdan 14 ta tuyachilik loyihalari ishga tushiriladi.

Qorakо‘lchilik klasterlari tomonidan bо‘rdoqichilik kompleksi, jun va terini qayta ishlash, granulali omuxta yem ishlab chiqarish bо‘yicha 18 ta loyiha amalga oshiriladi.

Viloyat Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasi, “Qashqadaryo baliqsanoat” MCHJ, Ipoteka bank viloyat filiali bir oy muddatda  2021 yilda baliq yetishtirish va ovlashni 30 ming tonnaga yetkazish bо‘yicha “yо‘l xarita” ishlab chiqib, hokimliklar bilan birgalikda bajarilishini ta’minlashlari kerak.

Buning uchun qiymati 73 mlrd.sо‘mlik 44 ta loyihalar amalga oshiriladi.

Xususan, 2021 yilda Shahrisabz va Kitob tumanlarida kooperatsiyalar asosida 600 tonna forel balig‘i yetishtirishni yо‘lga qо‘yish;

Qarshi va Nishon tumanlarida “Sof suv havzalari” MCHJ tajribasi asosida kamida 10 gektardan intensiv suv havzalari barpo etish;

4 mln. dona baliq chavoqlari tayyorlaydigan 80 gektar maydonga reproduktor havzalar hamda 40 mln.dona lichinka ishlab chiqaradigan 1 ta inkubatsiya sexi tashkil etilshili shart.

Kitob va Shahrisabz tumanlarida 1000 ta aholi xonadonlarining har birida 10 tadan, jami 10 ming asalari oilalarini klaster usulida boqish yо‘lga qо‘yiladi.

Yakkabog‘, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz va Kitob tumanlari bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtiriladi.

2021 yilda 12,1 ming gektar, shundan 7,3 ming gektar intensiv bog‘, 4,7 ming gektar uzumzor barpo etiladi.

Jumladan, 1 758 gektar olma, 1 243 gektar bodom, 1 875 gektar pista, 1 277 gektar yong‘oq, 543 gektar о‘rik, 196 gektar anor ekiladi.

Masalan, Shahrisabz va Kitob tumanlarida 10 gektar yerda malina, Qamashi tumanida 100 gektar yerda pomidor yetishtirish, Kitob tumanida 300 gektar maydonda anorzor va tokzor tashkil etiladi.

Xuddi shunday:

Shahrisabz tumanidagi “Tо‘damaydon” va “Uloch” mahallalarida 1 000 gektar lalmi yerga suv chiqarib, kooperatsiya asosida uzumzorlar;

Yakkabog‘ tumanida 50 gektarda danakli va yong‘oq mevali daraxtlarning intensiv kо‘chatlarini yetishtirish;

Dehqonobod tumani va viloyatning tog‘oldi hududlarida 1 500 gektar maydonda pista plantatsiyalari;

Dehqonobod tumani “Oqtosh-Beliboyli” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 70 gektar lalmi maydonda zamonaviy intensiv uzumzorlar barpo qilinadi.

Shuningdek, Fermer, dehqon xо‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qо‘llab-quvvatlash Jamg‘armasidan ajratiladigan 100 mlrd.sо‘m mablag‘ evaziga Kasbi, Qarshi, Qamashi, Shahrisabz, Kitob, Nishon va Chiroqchi tumanlaridagi “Tomorqa xizmati” MCHJlar faoliyati, tomorqachilik klasteri asosida tashkil etiladi.

“Buxoroagro” korxonasi tajribasi asosida Qarshi, Qamashi va Koson tumanlarida 540 gektar zamonaviy issiqxonalar quriladi (xalqaro moliya institutlari 150 mln. dollar).

5. 2021 yilda 90 ming ishsiz aholini bandligini ta’minlash bо‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Ularning 11 820 nafari ishga tushadigan sanoat, xizmat kо‘rsatish va qishloq xо‘jaligi loyihalariga;

23,5 ming nafari yangi tashkil etiladigan hamda faoliyati tiklanadigan tadbirkorlik subyektlariga;

5,1 ming nafari qayta foydalanishga kiritiladigan hamda о‘zlashtiriladigan yer maydonlarida tashkil qilinadigan kooperatsiyalarga;

25,0 mingta haq tо‘lanadigan jamoat ishlari hisobiga;

12,2 mingtasi bandlik jamg‘armasining subsidiyalari hisobidan о‘zini-о‘zi band qilish orqali;

12,2 mingtasi band qilib qо‘yilgan hamda vakant ish о‘rinlariga joylashtiriladi.

Chet davlatlarga chiqib ketgan 167 255 nafar  shundan 18-30 yoshgacha bо‘lgan fuqarolarni aniq manzilli rо‘yxatlarini shakllantirib, 35 ming nafar mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish choralari kо‘riladi.

2021 yildan 10 ming 100 nafar ishsiz fuqarolarni chet davlatlarga yuborish bо‘yicha shartnomalar imzolash ishlari olib borilmoqda.

Ulardan, 7000 nafari Rossiyaga, 2000 nafari Qozog‘istonga, 301 nafari Koreyaga, 231 nafari Turkiyaga, 568 nafari boshqa davlatlarga yuboriladi.

Ularning, 2 ming 760 nafari Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” mono markazida;12 ming 260 nafar ishsiz fuqarolar kasb–hunarga о‘qitish va ularni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish bо‘yicha reja grafik ishlab chiqildi.

1 ming 560 nafari Dehqonobod kasb-hunarga о‘qitish markazida;

480 nafari Shaxrisabz kasb-hunarga о‘qitish markazida (KOIKA);

1 ming 230 nafari kasb hunarga о‘qitish maskanlarida;

1 ming 850 nafari Tashqi boshqaruvga beriladigan kasb–hunar maktablarida;

3 ming 760 nafari Nodavlat о‘quv markazlarida;

620 nafari boshqa muassasalarida о‘qitiladi.

12 ming 260 nafar ishsiz fuqarolar kasb–hunarga о‘qitish va ularni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish bо‘yicha reja grafik ishlab chiqildi.

6. Tumanlardagi 20 ta massivda 59 gektar yer tanlab olinib, har biri 5 qavatli, 1 podyezdli 20 ta xonadonga mо‘ljallangan 282 ta turar-joylar (5 640 ta xonadon) Sardoba tajribasi asosida quriladi.

Bu yil 250 milliard sо‘m markazlashgan mablag‘lar hisobidan, 488 kilometr ichimlik suv tarmoqlari, 100 ta suv inshootini qurish-tiklash orqali 2 186 ming aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi.

244 mlrd.sо‘m mablag‘ evaziga 2 ta yangi maktab, 38 ta paxsadan qurilgan maktab filiallari hamda navbatlilik koeffitsiyenti 2 dan yuqori bо‘lgan 35 ta maktablarga qо‘shimcha bino quriladi, 15 ta maktablar ta’mirlanadi.

1 ta yangi bolalar bog‘chasi quriladi va 14 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 53 mlrd.sо‘mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, 400 о‘ringa mо‘ljallangan 4 ta davlat-xususiy sherikchilik, 7 500 quvvatga ega bо‘lgan 300 ta oilaviy nodavlat bog‘chalari tashkil etiladi.

Natijada bog‘cha yoshidagi bolalarni qamrovi 41 foizdan 58 foizga yetkaziladi.

83 mlrd.sо‘m mablag‘lar evaziga 1 535  о‘rinli 11 ta tibbiyot muassasalari kapital rekonstruksiya qilinadi.

64 mlrd.sо‘m mablag‘ evaziga 58 km umumfoydalanuvdagi avtomobil yо‘llari rekonstruksiya qilinadi

102 mlrd.sо‘m mablag‘ hisobiga har bir tuman markazida bittadan kо‘chada piyodalar yо‘lagi, saylgoh va velosiped yо‘lakchalari tashkil qilinadi.

Sel va toshqin suvlaridan zarar kо‘rgan ichki xо‘jalik avtomobil yо‘llarida joylashgan 39 ta kо‘priklar ta’mirlanadi (84 mlrd.sо‘m).

“Temir daftar”da qoladigan 4 ming 400 ta nogironligi bor, yakka-yolg‘iz va boquvchisini yо‘qotgan oilalarning holidan doimiy xabar olib, ijtimoiy yordam berish ta’minlanadi.

“Ayollar va yoshlar daftari”ga kiritilganlarni aniq kategoriyalarga ajratib, ularning ijtimoiy, huquqiy, psixologik qо‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb о‘rganishga ehtiyoji borlari bilan tizimli ishlash tashkil qilinadi.

Bugungi kunda “Temir daftar”ga kirgan fuqarolarga kо‘mak berish maqsadida 12 mlrd.sо‘m, “Ayollar daftari”dagilarni qо‘llab-quvvatlashga 9 mlrd.sо‘m, “Yoshlar daftari”ga 9 mlrd.sо‘m  mablag‘ ajratib berildi.

 

Hurmatli Yurtdoshlar!

Albatta, bu natijalar biz uchun katta marra.

Bu marralarni Siz faollarni tajribangiz, malaka va salohiyatingizga, Hurmatli deputatlarimizning kо‘magi va qо‘llab-quvatlashiga suyangan holda albatta zabt etamiz.

Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek:

Mustahkam iroda, temir intizom, yuksak mas’uliyat, talabchanlik, va fidoyilik Doimiy hamrohimiz bо‘lishi lozim.

Sо‘zimning oxirida barchangizni kirib kelayotgan 2021 yil bilan samimiy tabriklayman!

20-12-2020 |
Foto galereya