Holat yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, ushbu xizmat avtomashinasi qonun doirasida zahira mablag‘lari hisobidan xarid qilinmoqda.

Ushbu avtomashinani xarid qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan ham ruxsat olingan.

Maʼlumot uchun, viloyat hokimi o‘rinbosari foydalanib kelgan xizmat avtomashinasi Chiroqchi tumani hokimligi balansiga tuman hokimi foydalanishi uchun beg‘araz o‘tkazilgan.

Ushbu xaridni amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasining «Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida viloyat hokimi o‘rinbosarlariga xizmat avtotransportining eng yuqori narxi – BHMning 1500 baravari etib belgilangani hisobga olingan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan xabarlarni ommaga eʼlon qilishdan oldin masʼullardan va tegishli nazorat organlaridan xulosa olib, asosli bo‘lgan xabarlarni chop etishlarini so‘rab qolamiz.

28-12-2022 |
Foto galereya