2021 yil 20 may kuni Qashqadaryo hokimligida О‘zkomnazorat boshlig‘ining о‘rinbosari D.Rustamov Qashqadaryo viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bо‘yicha birinchi о‘rinbosari N.Erkayev bilan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi “Raqamli О‘zbekiston—2030” strategiyasi tо‘g‘risidagi PF-6079-son Farmoni, 2020 yil 14 dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini kо‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4921-son Qarori va “Raqamli О‘zbekiston - 2030” strategiyasiga muvofiq hududlarni reytingli baholashning «qizil» va «sariq» rо‘yxatdan joy olgan tuman (shahar)da mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bо‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan “Yо‘l xarita”si ijrosi bо‘yicha bajarilgan va bajarilishi belgilangan vazifalarni о‘zora muhokama qildilar.

Suhbat davomida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosini jadallashtirish, tumanlarning reyting kо‘satkichlarini kо‘tarish, farmon va qarorlarning ijro holatini joylarda muhokama qilib borish masalalari bо‘yicha fikr almashilib, Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy soha obyektlarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanishi tо‘g‘risida masalalarni birgalikda amalga kiritilishi kelishib olindi.

21-05-2021 |
Foto galereya