Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti talabalari taʼlimni yangi binoda (sobiq akademik litsey binosi)da davom ettirmoqda.

970 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur inshootda kapital taʼmirlash ishlari olib borilganidan so‘ng yangicha, zamonaviy qiyofada chiroy ochdi. Keng va yorug‘ o‘quv auditoriyalari, shinam talabalar oshxonasi, boy adabiyotlar zaxirasiga ega axborot resurs markazi va so‘nggi rusumdagi kompyuterlar bilan jihozlangan sinf xonalari talaba-yoshlarni sifatli bilim olishlari uchun xizmat qiladi. Tez kunlarda hududda joylashgan yuz o‘rinli talabalar turar joyi taʼmiri ham o‘z nihoyasiga yetkaziladi.


Maʼlumot o‘rnida, filologiya fakultetida filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) taʼlim yo‘nalishi, ona tili va adabiyot (rus tili va adabiyoti) taʼlim yo‘nalishi, kutubxona-axborot faoliyati taʼlim yo‘nalishida 1 ming 494 nafar talaba tahsil oladi.

O‘.Barotov, O‘zA

28-04-2021 |
Foto galereya