2011-yildan beri ushbu korxona ko‘p tarmoqli faoliyat bilan shug‘ullanib, dastlab savdo-sotiq, mebel ishlab chiqarish va boshqa faoliyatlar bilan tadbirkorlik qilgan bo‘lsa, 2017-yildan buyon paxta-to‘qimachilik klasteri sifatida o‘z biznesini amalga oshirmoqda.
 
 
“SULTON TEX GROUP”ning navbatdagi ochilgan yangi loyihasining qiymati 17,8 mln. dollarni tashkil etadi va shundan, “Milliybank” krediti 13,6 mln. dollar, o‘z mablag‘i 4,2 mln. dollarni tashkil etib, ishlab chiqarish quvvati yiliga 10400 tonna paxtani qayta ishlaydi hamda 350 kishi doimiy ishli bo‘ladi.
 
 
Korxonaning yangi tarmog‘i ochilishi va bayram dasturida viloyat rahbarlari, nuroniylar va OAV vakillari ham ishtirok etishdi.
02-04-2022 |
Foto galereya