Viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari Alisher Qodirov boshchiligidagi qator soha rahbarlari va Fransiya taraqqiyot agentligining Istanbuldagi shaharsozlik loyihalari bo‘yicha rahbari Karin Fraun xonim o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida maʼlumotlar berilib, kelgusida agentlik bilan:

- Qarshiga yo‘ldosh shaharlar sifatida tanlab olingan Qarshi va Koson tumanlari markazlarini rivojlantirish, toza ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan taʼminlash;
- viloyatning shaharlashtirish istiqbollari yuqori bo‘lgan hududlarini aniqlash va ularni uzoq yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish hamda kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish;
- Shahrisabzning Miraki va Qamashi tumanining “Maydanak” hududlarida infratuzilmani rivojlantirish;
- viloyatda “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish va “yashil hudud”larni tashkil etish;
- Nishon, Kasbi va Mirishkor tumanlari aholisining toza ichimlik suvi bilan taʼminlash masalalarida hamkorlik qilish muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvdan so‘ng xorijlik mutaxassislarga Qarshi shahrida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari tanishtirildi.

28-11-2022 |
Foto galereya