19-21 aprel kunlari Qashqadaryo viloyati bo‘ylab velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha "Shakhrisabz Open" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida musobaqaning ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ham ishtirok etib, sportchilarga muvaffaqiyat tiladi va poygaga start berdi.
Erkaklar va o‘smirlar o‘rtasidagi mazkur musobaqada 12 jamoa, 70dan ziyod sportchi ishtirok etdi. Shu bilan birga, qadimiy va go‘zal Shahrisabz shahri mezbonlik qiladigan turnirda qo‘shni davlatlar sportchilari ham qatnashdi.
Qarshi shahridan boshlangan velopoygada Shahrisabz shahrigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tib, finishga birinchi bo‘lib yetib kelgan hamda Shahrisabz shahrida musobaqaning kriterium guruh poygasi yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xorazmlik Umid Baxtiyorovga pul mablag‘i va televizor tantanali ravishda topshirildi.
Musoboqada ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari hamda faol ishtirokchi sportchilar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan Edem Eminov, Akrom Sunnatov, Damin Zabirovga ham pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Mavzuga doir: Qarshi shahrida "Shakhrisabz Open" xalqaro musobaqasi start oldi
Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati.