“Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi uchun viloyat markaziga kirib kelishdagi “Chaman” MFY hududidan 64,6 gektar maydon tanlab olinib, loyiha ishlari amalga oshirildi.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov, sektorlar rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida bu yerda barpo etiladigan «Yangi O‘zbekiston» massivining loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

Loyihaga ko‘ra 64,6 gektarli maydonda 48 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Shundan 18 tasini 16 qavatli, 22 tasini 12 qavatli, 8 tasini 9 qavatli uylar tashkil etadi. Massivda 38 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i”, uning tarkibida amfiteatr, bolalar va sport maydonchasi barpo etiladi. Shuningdek, ikkita umumta’lim maktabi, ikkita maktabgacha ta’lim tashkiloti, oilaviy poliklinika, mahalla markazi va tadbirkorlik binosi, savdo majmuasi quriladi.

Loyihalar taqdimotidan keyin Qur’on tilovat qilinib, jonliq so‘yildi. Shundan so‘ng “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilish ishlariga start berildi.

16-05-2022 |
Foto galereya