Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va g‘oyalari asosida Toshkent viloyatining Qibray tumanida milliy davlatchiligimiz tarixi, xalqning bugungi intilishlari va Uchinchi Renessans maqsadlarini o‘zida mujassam etgan "Yangi O‘zbekiston" bog‘i respublikamiz qolaversa xorijlik sayyohlar uchun ham tabiat qo‘ynida dam olish uchun o‘ziga xos maskanga aylangan desak aslo adashmagan bo‘lamiz.
 
 
Shu boisdan, Qashqadaryoda ham bu ishlarning amaliy davomi sifatida Qarshi tumanining Qarshi shahri bilan tutash qismida "Yangi O‘zbekiston bog‘i" bunyod etilmoqda. Ushbu bog‘ning qurilishiga start berildi va unda viloyat hokimi, faxriy nuroniylar hamda tashkilot rahbarlari va quruvchilar ishtirok etishdi. Katta bunyodkorlik tadbiri oldidan jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi. 
 
- Hozirda bog‘ hududi 33 gektar tashkil etmoqda, - dedi Zoyir Mirzayev. - Keyinchalik atrofidagi tepalik va adirliklarni o‘zlashtirish evaziga bog‘ yanada kengaytiriladi. Voha ahli va mehmonlari dam oladigan go‘zal manzilga aylanadi.
 
15-11-2021 |
Foto galereya