Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini muhokamasi” bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti, senatorlar, Qashqadaryo viloyat, shahar va tuman hokimliklari vakillari, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputatlari, xususiy sektor va mustaqil ekspertlar, shuningdek boshqa bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida ishtirokchilar mahalliy ijroiya va vakillik organlari faoliyatida bir qator tizimli muammolarning hal etilishi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga solish sohasidagi huquqiy normalarning takomillashtirilishi yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Shuningdek, uchrashuvda yurtimizda mahalliy davlat hokimiyati organlarining funksiyalarini optimallashtirish, boshqaruvga zamonaviy modellarni joriy etish, aholining eng muhim muammolarini hal qilishda ijro va vakillik organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratish taʼkidlandi.
O‘taganova Nilufar,
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati
Kengashi kotibiyati mudiri