Hammamizga ma’lumki, yurtboshimiz bergan topshiriqlariga asosan bir necha kundan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan fuqarolarni "ZOOM" dasturi orqali tinglagan holda ularning dardiga quloq solmoqda.
 
 
Albatta, bu kabi fuqarolar qabuli o‘z mevasini bermoqda va yordamga muhtoj aholi qatlamlariga amaliy yordam qo‘llari cho‘zilmoqda. Jumladan, bugun ham olis hududlarda yashovchi 28 nafar fuqarolar bilan onlayn qabul o‘tkazilgan holda uy-joy, sog‘liqni saqlash, bandlik va ta’lim yo‘nalishlarida tinglangan murojaatlar yechim topish barobarida ayrimlari yuzasidan o‘rganish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
 
 
Xuddi shunday, Mirishkor tumani, Obod qishlog‘ida yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan Orasta Rahimovaning uy-joy masalasi bo‘yicha qilgan murojaati ham ijobiy yechim topadigan bo‘ldi.
31-07-2021 |
Foto galereya