Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida yana bir yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti viloyatimizda ilk bora bajarildi.

Dehqonobod tumani G‘o‘roti qishlog‘ida yashovchi, 58 yoshli Xonbibi Esanova ko‘p yillardan buyon tizza bo‘g‘imi gonartrozi (yemirilishi)dan aziyat chekib kelgan. Yirik shaharlarda malakali mutaxassislarga ko‘ringan. Ammo keyingi yillarda davolanishlar deyarli samarasiz bo‘lgan.

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya va ortopediya bo‘limida tekshiruvlardan so‘ng unda "tizza bo‘g‘imini endoprotezlash" operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ayni paytda bemorning ahvoli juda yaxshi. Tez orada Xonbibi opa qo‘ltiqtayoq yoki hassaga emas, o‘z oyoqlariga suyanadi.

14-03-2023 |
Foto galereya