Qarshi shahrida "OCEAN aquapark" majmuasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Kosonlik tadbirkor tomonidan qariyb 20 mlrd. so‘mga qad rostlagan ushbu markaz bir vaqtning o‘zida 500 nafardan ortiq mijozni qabul qilish imkniyatiga ega.
 
 
Markaz hududida favvoralar, yuvinish xonasi, zamonaviy kiyinish xonasi, bolalar, kattalar uchun va oilaviy basseynlar, choyxona, kafe va barlar joy olgan. Suv gorkalari tashkil etilgan, suzish havzalari ham turli yoshdagi aholi qatlamini inobatga olgan holda barpo qilingan.
 
 
 
 
Shuningdek, suv havzalarining har biri eng zamonaviy filterlar bilan jihozlangan va bu suv doimo toza hamda tiniq bo‘lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, park hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasiga ham alohida e’tibor qaratilib, dekorativ va soya beruvchi daraxt ko‘chatlarini ham ko‘paytirish rejalashtirilgan. 
 
Ochilish marosimida viloyat hokimi, nuroniylar va OAV vakillari ishtirok etdi.
06-06-2022 |
Foto galereya