2 yil oldin Qarshi shahri yaqinidagi eski tepalik atrofida “Chaman” turizm kompleksi qad rostlashi haqida xabar qilinib, loyihada kompleks 2021-yilning 2-choragida ishga tushishi belgilangan bo‘lsa-da, haligacha ishlar boshlanmagani, viloyatda turizmni rivojlantirishga hokimlik tomonidan e’tibor qaratilmayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan mas'ullar tomonidan qayta tarzda tegishli o'rganishlar olib borilib, xulosasi yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar beriladi.

Shuningdek, viloyatdagi yuk mashina (samosval) haydovchilari noroziligi aks etgan murojaat bo'yicha viloyat hokimligi mas'ullari, Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi va viloyat avtomobil yo'llari hududiy boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, yo‘llarda harakatlanishga to‘sqinlik qilish va boshqa holatlar yuzasidan haydovchilarga amaliy yordam berish choralari ko'rilmoqda.

14-04-2022 |
Foto galereya