Saudiya Arabistoniga, muqaddas Haj ziyoratiga borgan qashqadayoliklarning dastlabki guruhi yurtimizga qaytib keldi. Bortida 245 nafar ziyoratchi bilan Jiddadan uchgan Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining samolyoti 24-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:50 da Qarshi xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
 
Ziyoratchi hoji ota va hoji onalarni viloyat hokimligi hamda mas’ul vakillar munosib kutib olishib, ularni o‘z oilalari bag‘riga sog‘-salomat kuzatib qo‘yishdi. Shuningdek, haj ziyoratidan qaytgan vohadoshlarimiz ularga yaratib berilgan shart-sharoitlar uchun davlat rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishib, O‘zbekiston xalqini Ka’batullohda duo qilishganini so‘zlab berdi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’lumot uchun, joriy yilning 28-iyun kuni 245 nafar qashqadaryolik ziyoratchilar muborak Haj amallarini bajarish maqsadida Qarshi xalqaro aeroportidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys orqali Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishgan edi. Endi esa Qarshi aeroporti 24-28 iyul kunlari Jiddadan jami 5 ta aviareysni qabul qiladi va ularda 1225 nafar qashqadaryolik hamda surxondaryolik hojilar yurtimizga qaytishadi.
25-07-2022 |
Foto galereya