Bunda, jarayonlarning dastlabki bosqichidan ovoz berish bosqichigacha bo‘lgan davrda viloyat bo‘yicha 4496 ta takliflar bildirilgan bo‘lib, shundan 2696 tasi ovoz berishda ishtirok etgan holda yakunda 186 ta takliflar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
 
O‘z navbatida, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ya’ni, eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflarni moliyalashtirishda joriy yilning 1-fevral holatiga ko‘ra "Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi"da 18086,6 mln. so‘m qoldiq so‘mma bo‘lib, shundan so‘ng jamg‘armaga 83928,3 mln. so‘m (shundan 14886,1 mln. so‘mi mahalliy byudjetdan, 69042,2 mln. so‘mi 2022 yil byudjet parametri hisobidan shakllangan) mablag‘ o‘tkazilgan holda hozirgi paytda jamg‘armadagi qoldiq so‘mma 102014,9 mln. so‘mni tashkil etmoqda.
 
Shuningdek, bu yilgi jarayonlarning yana bir natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan takliflarning umumiy qiymati 102331,8 mln. so‘mni tashkil etib, ularga jami 375221 ta ovozlar berilgan bo‘lsa umumiy ovozlar soni 563390 tani tashkil etgan.
 
Yana bir statistika, o‘tgan yili tashabbuskorlar tomonidan 2404 ta taklif bildirilgan bo‘lib, shundan 107 tasi g‘olib deb topilgan va unga 78005 ta ovoz yig‘ilgan. Umumiy ovozlar soni esa 91296 tani tashkil qilgan.
 
                                                                                                                               Viloyat Moliya boshqarmasi ma’lumoti
05-04-2022 |
Foto galereya