Har yili yurtimiz bo‘ylab 3-dekabr - “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan turli xayriya aksiyalar, imkoniyati cheklangan vatandoshlarimizni e’zozlovchi bayram va tadbirlar o‘tkazilib, ularga hurmat ehtirom ko‘rsatiladi hamda sovg‘a-salomlar ulashiladi. Shuningdek, joylarga borgan holda ular holidan xabar olinib, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi.
Ayni shu maqsadda, viloyat hokimligi tomonidan bu yil ham xayrli tashabbusga qo‘l urilib, Qarshi shahridagi musiqali drama teatrida sana munosabati bilan imkoniyati cheklangan aholi va bolajonlarning qo‘l mehnati mahsuli bo‘lgan turli hil buyumlarni xarid qilish maqsadida yarmarka hamda bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirni viloyat hokimi Murotjon Azimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va ishtirokchilarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi.
03-12-2021 |
Foto galereya