Joriy yilning 18-21 iyul kunlari Tailand davlatining poytaxti Bangkok shahri sportning dzyudo turi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonliq kilib, ushbu qit’a musobaqasida 16 davlatdan 400 nafarga yaqin yosh dzyudochilar o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun baxs olib borishdi.
 
Mazkur bellashuvlarga O‘zbekiston terma jamoasi ham har ikki yosh toifasida to‘liq tarkib bilan ishtirok etgan holda bu Osiyo chempionati sportchilarimizning g‘alabalariga boy bo‘ldi. Xususan, kurashlarda O‘zbekiston sharafini 4 nafar qashqadaryolik dzyudochilar ham munosib himoya qilishdi va barchasi medallar bilan qaytadigan bo‘ldi.
 
Jumladan, dastlab baxslarga -90 kg vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasida kirishgan Abbos Shermahmatov hamma raqiblarini yer tishlatgan holda chempionlik sharafiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, yoshlar ishtirokidagi kurashlar yanada quvonarli bo‘lib, viloyatimiz sportchilarining 3 nafari ham shohsupaga ko‘tarildi.
 
Xususan, +78 kg vaznda Moxinur Parmonova bronza, xuddi shunday natijaga -81 kg vazn toifasida Nurbek Murtazayev erishgan bo‘lsa, mutloq +100 kg vazn toifasida Islombek Ravshanqulov o‘zbek derbisida g‘oliblikni o‘ziniki qilgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
 
Shu tariqa mazkur Osiyo chempionatiga borgan barcha qashqadaryolik o‘smirlar va yoshlar 2 ta oltin hamda 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
21-07-2022 | Ijtimoiy | 825
Foto galereya