Barchaga maʼlumki, 8-avgustdan 2022-2023 oʼquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga kirish uchun test sinovlari boshlandi.
 
Unga koʼra, test sinovlari 8-avgustdan 20-avgustga qadar ikki smenada:
 
1-smena — 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smena — 19:00 dan 22:00 ga
qadar boʼlib oʼtadi.
 
Bunda abituriyentlar test sinovi oʼtkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin (06:00 va 18:00 da) pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda
 
1-smenada 06:30 ga qadar;
2-smenada 18:30 ga
qadar tekshiruvlardan oʼtgan holda oʼz joyiga joylashgan boʼlishlari lozim.
 
Diqqat qiling pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
 
Test sinovlari toʼliq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda oʼtkaziladi va jarayonlarni abituriyentlar hamda ularning ota-onalari test2022.uz sayti va “Viasat Explore” telekanali orqali kuzatib borishlari mumkin boʼladi.
 
Maʼlumot uchun, Qashqadaryoda imtihonlar Qarshi shahridagi "Nasaf" futbol klubi mashgʼulotlar maydonida oʼtkazilmoqda.
 
Test sinovlari oʼtkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar: dtm.uz/page/test_2022
 
Viloyat hokimligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi.
10-08-2022 | Ijtimoiy | 721
Foto galereya