Viloyat hokimligining xorijiy mehmonlarni qabul qilish zalida Zoyir Mirzayev Litva davlatiga tegishli "KONKORD INTERNATIONAL BUSINESS GROUP" korxonasining taʼsischilari bilan muhokamalar olib bordi.
Muhokamalar chogʼida umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim, sogʼliqni saqlash muassasalarining oshxonalarida hamda umum-ovqatlanish sohasida innovatsion yangilik kiritish orqali autsorsing tizimi boʼyicha xizmat koʼrsatish, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazish ishlarini samarali tashkil etish orqali aholi salomatligini tiklash masalalari koʼrib chiqildi.
Kelishuv amalga oshsa loyihaning birinchi bosqichida maktabgacha taʼlim muassasalari oshxonalarida autsorsing shartlari asosida, innovatsion usulda xizmat koʼrsatish va (tayyor va yarim tayyor) oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish rejalashtirilgan. Natijada MTTlarining rahbarlari va pedogog xodimlari faqat taʼlim-tarbiya jarayoni bilan band boʼladilar.