Qarshi shahrida О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan о‘rtacha о‘zlashtirishi 86 foizdan yuqori bо‘lgan hamda muddatli harbiy xizmatni о‘tab imtiyozli ravishda о‘qishga qabul qilingan talabalar uchun tо‘lov-shartnoma pulining 35 foizi  tо‘lab berilishiga bag‘ishlangan sertifikat topshirish marosimi bо‘lib о‘tdi.

Marosimda  О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi Shomurod Sattorov. oliy ta’lim muassasalari rektorlari, sertifikatlarni olishga muyassar bо‘lgan 380 nafar talaba-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Ma’lumot о‘rnida, joriy о‘quv yilida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining 380 nafar talabalariga jami 1 milliard 128 million 523 ming sо‘m miqdoridagi tо‘lov-shartnoma pullari tо‘lab berildi.

Ushbu imtiyozlarni berilishida talaba-yoshlarning tashkilot tizimida amalga oshirgan ishlari, faolliklari, jamiyatimiz rivojiga qо‘shgan hissasi alohida inobatga olindi.

 Axror Sodiqov

22-04-2019 |
Foto galereya