Joriy yilning 18 sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida viloyat hokimligi, viloyat davlat xavfsizlik hizmati boshqarmasi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, shuningdek bir nechta mutasaddi hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan aholini, ayniqsa yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash,  xalqimiz, millatimiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Biz buyuk yurt farzandlari – terrorizm, ekstremizm va missionerlikka qarshimiz” shiori ostida nuroniylar о‘rtasida sportning shaxmat turi bо‘yicha, о‘quvchi yoshlar  о‘rtasida suzish sport turi, stol tennisi hamda sprint (estafeta) musobaqalari, oliy ta’lim muassasalari talabalari о‘rtasida armrestling va kurash sporti turlari bо‘yicha musobaqalar, shuningdek, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari о‘qituvchilari va xodimlari, ularning farzandlari о‘rtasida “Otam, onam va men – sportchilar oilasimiz” shiori ostida oilaviy estafeta  musobaqasi hamda tibbiyot xodimlari о‘rtasida futbol musobaqasi va yoshlar о‘rtasida marafon yugurish musobaqalari kо‘tarinki ruhda о‘tkazildi.

 

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i о‘rinbosari B.Mamatqulov bergan ma’lumoti kо‘ra, “Otam, onam va men – sportchilar oilasimiz” shiori ostida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari о‘qituvchilari va xodimlari, ularning farzandlari о‘rtasida qizg‘in о‘tgan musobaqada Shahrisabz tumani jamoasi 1-о‘rin, Kitob tumani jamoasi 2-о‘rin va Chiroqchi tumani jamoasi  3-о‘rinni qо‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqalarda 10000 (shundan 3000 nafardan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etdi) nafarga yaqin turli yoshdagi aholi qatlamlari ishtirok etishdi va sportda ham о‘z iqtidorlarini namoyon qilishdilar.

Qizg‘in vaziyatlarga boy bо‘lgan musobaqalar yakuniga kо‘ra g‘oliblik hamda sovrinli о‘rinlarni qо‘lga kiritgan ishtirokchilar maxsus diplom, medal, kubok va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi va viloyat san’atkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

                                                                                              Viloyat hokimligi axborot xizmati.

19-09-2019 |
Foto galereya