Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 2019 yil 4 may kuni davlat-xususiy sheriklik asosida barcha qulayliklarga ega “Asilabegim” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi.

Muassasada 100 nafar bolalarni tarbiyalash rejalashtirilgan bо‘lib, shundan 25 nafarini ijtimoiy kо‘makka muhtoj oilalarning farzandlari tashkil etadi.

Muassasaning ochilish marosimida viloyati hokimi Z.Rо‘ziyev, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i A.Alimardonov, shahar hokimi J.Fozilov, nuroniy otaxonlar, onaxonlar, mahalla fuqarolari hamda boshqa mehmonlar ishtirok etdi hamda muassasada yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Yurtimizda maktabgacha ta’limga bо‘lgan yuksak e’tibor hamda yaratilgan shart-sharoitlar natijasida tadbirkor Ochilova Nilufar tomonidan 2019 yilning mart oyida bankdan 500 million sо‘m imtyozli kredit mablag‘lari olinib, о‘ziga tegishli bо‘lgan zamonaviy binoni jihozlash ishlari boshlangan edi.

Bugungi kunda jihozlanib bitkazilgan “Asilabegim” nomli davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari, sog‘lom ulg‘ayishlari uchun barcha qulayliklarga ega.

Muhtasham bino, malakali mutaxassislar jamoasi, zamonaviy texnika vositalari va jihozlar bilan ta’minlangan о‘quv xonalari, alohida oshxona, sayr qilish uchun bog‘, о‘yin atraksionlari, suzish havzasi, jonli burchak barchasi bolajonlar xizmatida.

Maskanda ta’lim-tarbiya jaryoni ilg‘or xorijiy tajribalar asosida olib borilmoqda. Rus, ingliz tillari chuqur о‘rgatiladi va rasm, badiiy gimnastika, suzish, raqs tо‘garaklarida malakali mutaxassislar mashg‘ulot о‘tmoqda.

Bir sо‘z bilan aytganda, bolalarning har tomonlama yetuk inson bо‘lib ulg‘ayishlari uchun muassasada barcha imkoniyatlar yaratilgan.

 

                                                 Viloyat  hokimligi  axborot xizmati

06-05-2019 |
Foto galereya