2019-2025 yillarda О‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash  tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda 2019-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash  tizimini konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining bandlarini  ijrosini ta’minlash maqsadida, markazning 2019 yilga tuzilgan  chora-tadbirlar rejasiga asosan  xaftaning har chorshanba, shanba kunlari markaz  tumanlarining  uzoq, chegara zonalari bо‘lgan tumanlarga ixtisoslashgan tibbiy yordamni tashkillashtirish va og‘ir bemorlarni konsultatsiya qilish maqsadida,  tor doiradagi mutaxassislari tomonidan bugungi  kungacha  Mirishkor, Yakkabog‘, Koson, Muborak, Nishon tumanlarining uzoq, chegara hududlarida ixtisoslashgan tibbiy yordam va profilaktik tibbiy kо‘rik tashkil etilgan.

Bugun 2019 yil 27 aprel kuni 2019 yilga tuzilgan chora-tadbirlarni ijrosini ta’minlash maqsadida Qamashi tumani Qoratepa hududida tibbiy profilaktik kо‘rik tashkil  etilib, markaz  tor doiradagi mutaxassislari bilan birgalikda UTT, EKG, laboratoriya tekshiruvlari ham tashkil etildi. Tibbiy profilaktik kо‘rigida 254 tadan ziyod bemor kо‘rilib, ular har biri 20 ta turdagi mutaxassislari tomonidan tibbiy kо‘rik о‘tkazildi. Tibbiy kо‘rikdan о‘tkazilgan fuqarolardan 192 tasida  kasalliklar aniqlanib, 2 ta bemorga Respublika klinikalarida, 18ta bemorga viloyat markazlarida, 37 ta bemorga  tuman shifoxonasida, qolgan bemorlarga esa ambulatoriya sharotida davolanish tavsiya etildi.

Markazda yil davomida 18 000 nafardan ortiq bemor davolanadi. Ammo barcha bemorlar ham markazning о‘zida davolanish imkoniyatiga ega emasligi bois ham shifokorlar guruhi viloyatning uzoq va chegara zonalaridagi tumanlarda bо‘lib, aholining tibbiy xizmatga bо‘lgan ehtiyojini qondiradi. Buning uchun esa shifokorlar guruhiga 1 dona 14 kishilik Golden Dragon rusumli mikroavtobus va markazning byudjetdan tashqari pullik tibbiy xizmati hisobidan Gentra avtomobili xarid qilindi. Ma’lum bо‘lishicha, markaz mablag‘lari evaziga xarid qilingan Gentra Prezident virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni joyiga borib о‘rganuvchi xodimlarga xizmat kо‘rsatadi.

                                                     Viloyat  hokimligi  axborot  xizmati

 

30-04-2019 |
Foto galereya