Qarshi madaniyat va aholi dam olish markazida Qashqadaryo viloyati hokimligi, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Madaniyat boshqarmasi va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “О‘zbek, tojik, turkman, qozoq va qirg‘iz yoshlari dо‘stligi abadiydir!” shiori ostida yoshlar festivali о‘tkazildi.

Qardosh millat yoshlari, Yoshlar ittifoqi va milliy madaniy markazlar faollari ishtirok etgan festivalda turli millat vakillari tomonidan millatlararo dо‘stlik va hamjihatlikni tarannum etuvchi kuy-qо‘shiqlar, milliy va madaniy chiqishlar namoyish etildi.

–Bir teran tomirdan suv ichgan qardosh xalqlarning mada¬niyati, urf-odatlari, qadriyatlari bir-biriga tutash, о‘zaro hamohang va uyg‘un, – dedi Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Shomurod Sattorov. – Ilk bor о‘tkazilayotgan ushbu yoshlar festivalini endilikda har yili an’anaviy tarzda tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Festival davomida XII asrda ajdodlarimizning mо‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashi aks etgan voqealarni qamrab olgan “Elparvar” tarixiy filmi namoyish etildi. Qarshi shahrida qad rostlagan “Vatanparvarlar” bog‘i bо‘ylab festival ishtirokchilarining sayohati ham tashkil etildi.

О‘.Barotov

 

21-04-2019 |
Foto galereya