Viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasiga qarashli yig‘in punkitida xuddi shunday tadbirlardan biri, ya’ni harbiy xizmatga chaqirilagan yoshlarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlar qo‘mondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir so‘ngida yigitlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy orkestr va san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarning dillarini xushnud etdi.
Shundan so‘ng chaqiriluvchilar Qarshi temiryo‘l vokzalidan Vatan himoyasiga, el-yurt tinchligini ta’minlashga bel bog‘lab mamlakatimizning turli viloyatlariga jo‘nab ketdilar.
15-03-2022 |
Foto galereya