Qarshi shahrida tashkil etilgan bayram tadbirlari dastlab, Viloyatimizning turli hududlaridan kelgan bir guruh xotin-qizlar Qarshi shahridagi bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bilan tanishishlaridan boshlandi.
Viloyatimiz ayollari Qarshi shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi. Oliy harbiy aviasiya bilim yurti, “Yoshlar markazi”, IT markazi va Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikalarida yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirishdi.
Shundan so‘ng bayramona dasturlar boshlandi. Tantanali tadbirni viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kirish so‘zi bilan ochib, xotin-qizlarimizni samimiy tabriklar ekan, "Jamiyatda ayollarimizga bo‘lgan e’tiborni eng quyi bo‘g‘ingacha, mahallagacha tushirib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning yaxlit tizimi yaratilmoqda. Bundan buyon O‘zbekistonda biror ayol davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmaydi", - deya davlatimiz rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Barcha sohalarda yetakchi, matonatli, fidoyi va namunali ayollar bayram arafasida Prezidentimiz farmoni bilan ta’sis etilgan “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ular Uzoqova Gulnoza, Aminova To‘xta, Mansurova Shodioy, Eshmurodova Dilorom, Xolmanova Ruzi, Do‘lanova Ro‘zixol, Raxmanova Matluba, Qilicheva Safargul, Xasanova Oybaxor, Ro‘ziyeva Zulxumor, Xidirova Fotima, Tursunova Salomat, Bo‘tayeva Ozoda, Komilova Salomat, Ixsanova Firyuza, Aqquziyeva Oyzoda, Xolboyeva Dilorom va Ruziyeva Maxbubalardir.
Mukofotlarni viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning shaxsan o‘zi topshirdi.
Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati.