Qarshi shahridagi Odina masjidi 1386 yilda Sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod etilgan. 1868 yili Chor Rossiyasi bosqini davrida masjidning ayvon qismi to‘pga tutilib, vayron qilingan. Mustabid tuzum davrida dastlab omborxonaga, 1938 yildan qamoqxonaga aylantirilgan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi farmoyishiga muvofiq, qatag‘on qurbonlarining xotirasini abadiylashtirish va merosini o‘rganish maqsadida Qarshi shahrida qatag‘on qurbonlari muzeyi tashkil etildi.
 
- Mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, insoniy sha’ni va g‘ururi oyoqosti qilingan. Shunday tabarruk joyning qamoqxonaga aylantirilgani ham bunga misol. Biz bugun mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga alohida e’tibor qaratayapmiz. O‘tganlar hurmatini ham joyiga qo‘yishimiz kerak. Bu yerda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etilgani - tarixiy adolatning tiklanishi, - dedi Prezident.
 
12-10-2021 |
Foto galereya