O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Islamov va Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov viloyat hokimi Murotjon Azimov hamrohligida Kitob tumanida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
 
 
Shuningdek, mehmonlar  turkiyalik taniqli professor onko-ginekolog Murat Naki hamda eko mutaxassis, doktor Sevahir Teksan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan ham uchrashib, Prezidentimizning tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqotida ham yuqori texnologik operatsiyalarni rivojlantirish, hududlarda ko‘rik va davolash ishlarini tartibga solish muhimligi, bunda xalqaro hamkorlik har tomonlama muhimligi ta’kidlandi.
 
 
Ma’lumot uchun, xorijlik shifokor delegatsiya a’zolari Kitobdagi malakali endourolog Alisher Boboyev rahbarligidagi xususiy tibbiyot maskanida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishib, unda nafaqat tuman shifokorlari qolaversa, viloyatning barcha hududlaridan kelgan 100 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari qatnashishdi.
 
30-03-2022 |
Foto galereya