Viloyatimizda kurash bo‘yicha 2002-2003 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida “Bosh prokuror kubogi” uchun musobaqasining viloyat final bosqichi o‘tkazildi. Mazkur chempionatda 90 nafarga yaqin sportchilar jami 6 vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashdi.
Shuningdek, chempionatda kuzatuvchi murabbiy va hakamlar hamda faxriy mehmon sifatida 3 karra jahon chempioni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Abdurashid Mirzayev va Baxrom Avazovlar ishtirok etdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan, murosasiz o‘tgan bahslarda 24 nafar g‘oliblar saralab olinib, ularga chempionlik medallari, diplomlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur chempionatini o‘tkazishdan asosiy maqsad milliy kurashimizni yoshlar o‘rtasida yanada rivojlantirish, ular orasidan munosib polvonlarni saralab olish hamda bo‘lajak jahon va olimpiya chempionlarini tarbiyalashdan iboratdir.
04-12-2021 |
Foto galereya