О‘tgan yakshanba kuni butun dunyo pravoslav xristianlarining Pasxa bayrami Qarshi shahridagi rus pravoslav cherkovida ham keng nishonlandi.

Tadbirda sо‘z olganlar yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, davlatimiz tomonidan vijdon erkinligi amalda mustahkam kafolatlangani, mamlakatimizda barcha millat vakillari tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar tinch va totuvlikda yashab kelayotganini alohida ta’kidlashdi. Pasxa qadimiy bayram hisoblanishi, u haqda xristianlarda turli qarashlar, mazmun-mohiyati haqida kо‘plab yondashuvlar mavjudligi aytildi. 

Pravoslav xristianlari bayram amallarini ado etib, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik va totuvlik hamisha barqaror bо‘lishi, ozod va obod yurtimiz yanada gullab-yashnashini niyat qildilar.

Shohista BOZOROVA

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

01-05-2019 |
Foto galereya