О‘zbekiston Oliy sudi raisi Kozimjon Komilovning 19–20 aprel kunlari Qashqadaryo viloyati aholisi bilan bо‘lib о‘tgan sayyor qabullari jarayonida 308 nafar fuqaro muammosi tinglangan.

Oliy sud raisining sayyor qabuli 19 aprel kuni Qarshi shahrida, 20 aprel kuni Shahrisabz tumanida bо‘lib о‘tgan.

Shahrisabz tumanidagi sayyor qabulda 66 nafar fuqaroning jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar yuzasidan qilgan murojaati tinglanib, 37 nafar fuqaroga huquqlari tushuntirilgan. 29 nafar murojaatchining arizalari sudlov hay’atlarida kо‘rib chiqish uchun qabul qilinib qanoatlantirilgan

Qashqadaryo viloyatida о‘tkazilgan sayyor qabullarda Oliy sud raisi Kozimjon Komilov va ishchi guruh tomonidan jami 308 nafar fuqaroning murojaati eshitilgan bо‘lsa, shundan 147 nafar murojaatchiga huquqlari tushuntirilgan. 126 nafar murojaatchining arizasi vaqt va muddat talab qilishi munosabati bilan sudlov hay’atlarida kо‘rish uchun ish yurituvga qabul qilingan. Sayyor sud majlislarida 32 nafar sudlanuvchiga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bо‘lmagan jazolar tayinlangan bо‘lsa, 1 nafar fuqaro sud zalidan darhol ozod qilingan.

                                                    "daryo.uz " ma’lumotlari  asosida

22-04-2019 |
Foto galereya