Qarshi shahridagi madaniyat markazida ko‘zi ojizlar jamiyatining 90 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhom Arziqulov so‘zga chiqib, viloyat hokimining tabrigini tadbir ishtirokchilariga o‘qib eshittirdi.
 
Shuningdek, yubiley sana munosabati bilan viloyat hokimligi tomonidan O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatining bir guruh a’zolari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va jamiyatning faol a’zolariga “O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati a’lochisi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
 
Tadbirda viloyatimizning taniqli san’atkorlari tomonidan konsert dasturi ham namoyish etildi.
 
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda viloyatimizda besh mingga yaqin ko‘zi ojiz fuqarolar istiqomat qiladi va so‘nggi besh yilda nogironligi bo‘lgan shaxslarning  muammolari atroflicha o‘rganilib, 143 nafar ehtiyojmand oilaga  uy–joy qurish uchun yer uchastkalari, 95 kishiga arzon uy–joylar, 41 kishiga esa imtiyozli ipoteka kreditlari ajratildi. Shuningdek, 187 nafar ko‘zi ojiz bolaning Qarshi shahridagi maxsus ta’lim muassasasiga o‘rta ma’lumot olish uchun jalb etildi hamda 17 nafar ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga yakka tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga ko‘maklashildi. Bundan tashqari yana minglab shaxslarga moddiy-ma’naviy yordamlar berildi.
16-06-2022 | Ijtimoiy | 617
Foto galereya