Tumandagi Paxtaobod hududida boʼlib oʼtgan tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida qishloq xoʼjaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash hamda chorva, parranda va baliq mahsulotlarini koʼpaytirish boʼyicha vazifalar ijrosiga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishida belgilab berilgan vazifalar muhokama qilindi.

Xususan, gʼalladan boʼshagan yerlarga takroriy hosil ekishni tizimli tashkil qilish, ayniqsa, yerdan foydalanishda tumandagi ishsiz aholi va yoshlar, shuningdek, «Temir daftar», «Аyollar daftari», «Yoshlar daftari» roʼyxatidagi fuqarolarga berish va undan unumli foydalanish seminarning asosiy mavzusi boʼldi.

Seminarda viloyat prokurori E.Tadjiev, viloyat hokimining oʼrinbosari O.Boymirov va Nishon tumani hokimi M.Hayitmurodov ishtirok etdi.

18-06-2021 |
Foto galereya