Nishon tumanida 2021 yil hosili uchun 740 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 18500 gektar maydonga g‘alla ekib, parvarishlandi.

Tuman dehqonlari ichki bozorda don va non narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun davlat resurslariga 24810 tonna don topshirish rejalashtirilgan.

O‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar natijasida bugun Nishonlik mirishkor dehqonlar Respublikada birinchilar qatorida, viloyatda birinchi bo‘lib, 25677 tonnalik (103%) ulkan xirmon yaratishdi.

Ayniqsa, Ch.Begimqulov hududidagi “Ro‘zimurodov Nodir”, “Ernazarov Baxtiyor”, Paxtaobod hududidagi “Zizifara”, Doliyev Toxir”, U.Yusupov hududidagi “Bahor ko‘zgo‘si”, Ibn Sino hududidagi “Nishon g‘allakori” fermer xo‘jaliklari gektaridan 70-80 sentnerdan hosil olib, davlatga don sotish rejasini 108-130 foizga bajardilar.

Hozirda 118 ta fermer xo‘jaliklarining g‘allasiga kombayn tushgani yo‘q. Bu yil Nishonlik fermerlar 30 ming tonnadan ortiq davlatga don sotishni rejalashtirgan.

Maʼlumot o‘rnida, viloyatda 6234 ta fermer xo‘jaliklari va 21 ta g‘allachilik klasterlari tomonidan 140 ming gektar maydonga g‘alla ekib, 270,2 ming tonna donni davlat resurslariga sotish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 174,5 ming tonna (65%) g‘alla davlatga sotildi. O‘rimga tushgan 3780 ta fermerlarning 776 tasi (20%) shartnoma rejasini bajardi. Qolganlarida o‘rim davom etmoqda.

O‘rim-yig‘im tadbirlariga 392 dona yuqori unumli g‘alla o‘rish kombaynlari, 1756 ta yuk tashish texnikalari, 141 dona ko‘chma ustaxonalar va 149 ta yoqilg‘i tarqatish texnikalari jalb qilingan.

Bundan tashqari, tez kunlarda Muborak (reja 17305 tonna) va Koson (reja 37056 tonna) tumanlari shartnoma rejasini bajarishga yaqin turibdi.

19-06-2021 |
Foto galereya