Bu borada Qashqadaryoda ham viloyat hokimligi, Yoshlar masalalari bo‘yicha va qator masʼul tashkilotlar hamkorligida ular bandligini taʼminlashga oid amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Jumladan, "Yoshlar markazi"da o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda "Yoshlar daftari"da turuvchi kelajagimiz ertalariga haydovchilik kursi va safarbarlik chaqiruvi rezervi (harbiy xizmat) to‘lovlari uchun pul mablag‘lari sertifikatlari topshirildi.

Xususan, viloyat bo‘yicha jami 335 nafar yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi to‘lov mablag‘larini qoplash maqsadida 1 milliard 935 million 851 ming so‘m, xuddi shunday 314 nafar yoshlarning esa haydovchilik kurslariga 376 million 800 ming so‘m miqdoridagi mablag‘lar to‘lab berildi.

Bunda safarbarlik chaqiruvi rezervi uchun har bir yoshga 5 million 778 ming 660 so‘mdan, haydovchilik kursi uchun esa 1 million 200 ming so‘mdan pul mablag‘lari ajratildi.

06-07-2022 |
Foto galereya