Prezident Shavkat Mirziyoyevning xayrli tashabbuslari bilan yurtimiz bo‘ylab ona tabiatni asrash, hududlarni obodonlashtirish, joylarda bog‘-rog‘larni barpo etish va kelajak avlodga munosib tabiiy muhitni qoldirish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘lib o‘tmoqda.
 
 
Shu boisdan joriy yilning 25-martidan boshlab mamlakatimizda boshlangan bahorgi "dolzarb 40 kunlik" tadbirlari Qashqadaryoda ham jadallik bilan davom etmoqda. Xususan, Qarshi shahar hokimligi tomonidan ommaviy ravishda 200 ming dona mevali va manzarali ko‘chatlar hamda 1 mln. donaga yaqin terak va tol novdalari olib kelingan holda mahallalarga bepul etkazib berilmoqda.
 
Navbatdagi, xuddi shunday ravishda Shahrisabz shahri, Yakkabog‘, Kitob va Shahrisabz tumanlari hokimliklari tomonidan tashkil etilgan daraxt ko‘chatlari, terak va tol novdalarini mahallalarga bepul tarqatish tadbiri ko‘hna Keshda bo‘lib o‘tdi. Bu jarayonlarga birgina Shahrisabz shahridagi 40 ta mahallalardan 80 ming to‘pdan ortiq turli hil mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlar keltirildi.
 
 
 
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan Prezident maslahatchisi B.Islamov, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri T.Xudaybergenov, Ichki ishlar vaziri P.Bobojonovlar Ko‘kgumbaz obidasida joylashgan Sohibqiron Amir Temurning ustozi Shamsiddin Kulol va Sayidlar maqbarasini ziyorat qilib, o‘tgan ajdodlarimiz ruhiga qur’on tilovat qilishdi. Shahar hokimligi tomonidan jonliq so‘yilib, bahorgi ekin-tekinlarga baraka so‘raldi.
01-04-2022 |
Foto galereya