“Barchasi о‘z qо‘lingda” targ‘ibot dekadasi doirasida Muborak tuman hokimligi va Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bо‘lib о‘tdi.

Uchrashuvda tumandagi 200 dan  yoshlar о‘z muammo va takliflari bilan qatnashdi. О‘quvchi-yoshlar tomonidan tuman hokimiga tumandagi har bir mahallada, har bir maktabda kitob dukonlarini tashkil etish, yoshlar bandligi, turizm va xizmat kо‘rsatish sohasini rivojlantirish hamda yosh tadbirkorlarni qо‘llab-quvvatlash kabi kо‘plab takliflarini berishdi.

- Yoshlar bilan uchrashish tumandagi vaziyatning asl xolatini ochib beradi, - deydi tuman hokimi G‘ayrat Jovliyev. – Yoshlar beg‘ubor yolg‘on gapirishni bilmaydi. Bugun tuman yoshlari bandligini ta’minlashga doir bir qator takliflardan sо‘ng xorijiy investorlarni tumanimizga kо‘proq jalb qilish fikri paydo bо‘ldi. Endi har oyda yoshlar bilan uchrashib, ularni muammo va takliflarini tinglab, shuningdek, faol yoshlarni taqdirlab borishni о‘z oldimga maqsad qildim.

Shuningdek, uchrashuv davomida tuman hokimi tomonidan faol yoshlarga va "Eng namunali maktab sardorlari Kengashi" tanlovining Respublika bosqichida faol ishtirok etgan 24-umumiy о‘rta ta’lim maktabi jamoasi sardorlariga televizor, gilam va badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

                                                                 Viloyat hokimligi axborot xizmati

24-04-2019 |
Foto galereya