Viloyatimizga Xitoydan olib kelingan "SHACMAN" rusumli har biri 25 tonnali 18 ta maxsus suv tashuvchi yangi avtomashinalar ichimlik suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan mahallalar mavjud shahar-tumanlarga topshirildi.
 
 
- Mazkur texnikalar yordamida ichimlik suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan mahallalarda yashovchi 91 ming aholiga toza va sifatli ichimlik suv yetkazib beriladi. Mustaqillik bayrami arafasida ushbu texnikalarning olib kelinishi xalqimizga ajoyib tuxfa bo‘ldi, - dedi viloyat hokimi Zoyir Mirzayev.
 
 
Viloyat rahbari tomonidan suv ta’minoti korxonasi mas’ullariga aholiga suvni belgilangan ta’riflarda va shaffof tarzda yetkazib berish lozimligi aytdi.
26-07-2021 | Ijtimoiy | 285
Foto galereya