Kecha 11 may kuni viloyat hokimi Qarshi shahrini obodonlashtirish, viloyat markazi sifatida boshqa shahar va tumanlarga namuna qilib ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha tahliliy muhokama yig‘ilishi o‘tkazdi.

Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tib, ayrim rahbarlarning masʼuliyatsizligi sabab hududlarda obodonlashtirish ishlari yetarli olib borilmaganligi fotoalbom ko‘rinishida ochiqlandi.

Mahalla raisi va faollari uyg‘onmasa, viloyatdan biriktirilgan masʼullarga o‘z talabi hamda muammolarini ayta olmasa, hududingizni qo‘shni mahalladan kelib tozalab ketishadimi? - deya savol bilan yuzlandi Zoyir Mirzayev. - Aholi hasharga chiqmaydi deysizlar, oldin o‘zimiz namuna bo‘lishimiz kerak-ku?! Yoki ishni tog‘li hududlar - Shahrisabz va Dehqonobod tumanlaridagi qishloqlardan o‘rganib kelinglar.

Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati rahbari,
A.Sodiqov

12-05-2021 |
Foto galereya