Kitob tumani tibbiyot birlashmasida shu paytgacha faqat markazda bajarilgan ko‘plab turdagi yuqori texnologiyali operatsiyalar mahalliy mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Birgina joriy yilning o‘tgan davri mobaynida bu yerda 20 ta laparaskopik, 8 ta endoprotez, 7 ta BIOS usulidagi jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.

Masalan, tumandagi Bahor mahallasida yashovchi 30 yoshli bemor ayol J.M. yoshligidan buyon o‘ng son-chanoq bo‘g‘imida og‘riq, harakatning cheklanishi, o‘ng tomonga oqsab yurishdan aziyat chekib kelgan. U travmatologiya bo‘limiga yotqizildi. Kerakli tekshirish usullari va laborator tahlillardan keyin bemorda "O‘ng tomonlama total endoprotezlash" operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Bir soat davom etgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemor mustaqil tarzda yura boshladi.

Kitobdagi mazkur xayrli ishlar sababli vohamizning yuqori hududlarida bu kabi quvonchga to‘lgan bemorlar safi kengaymoqda.

10-03-2023 |
Foto galereya