AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamkorligida viloyatda muqobil energetika sohasida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilnig 2-fevral kuni AQSHning qayta tiklanadigan energiya milliy laboratoriyasi (NREL) ekspertlari, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari, Qarshi muhandislik iqtisodiyoti professor-o‘qituvchilari, viloyat hokimligi va viloyat Innovasion rivojlanish boshqarmasi mas’ullari ishtirokida kengaytirilgan videokonferens aloqa bo‘lib o‘tdi.

NREL ilg‘or tadqiqotlar bo‘yicha butun dunyo universitetlari bilan hamkorlikni yo‘ga qo‘yshni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lib, energiya samaradorligi, barqaror transport, qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari va tarmoq integrasiyasi bo‘yicha murakkab, ko‘p tarmoqli muammolarni hal qilish uchun ilmiy bilimlardan va eng zamonaviy jihozlardan foydalanadi.

Onlayn muloqotda hamkorlar bilan qo‘shma ilmiy loyihalarni va olimlar o‘rtasida almashinuv dasturlarini amalga oshirishga kelishib olindi.

03-02-2023 |
Foto galereya