Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Qarshi shahri ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizish va qurilish obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi hamda shaharning eng chekka hududi hisoblangan “Arabxona” mahallasida ham bo‘lib, bu yerda "Obod mahalla" dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ayni paytda "Obod mahalla" dasturi doirasida mahalladagi ichki ko‘chalarga asfalt yotqizish ishlari boshlandi. “Obod mahalla” dasturi doirasida “Arabxona” mahallasidagi 19 km ichki ko‘chalarga asfalt yotqizish rejalashtirilgan bo‘lib, taʼmirlash ishlariga 6,8 mlrd so‘m ajratilgan.

Viloyat rahbari yo‘lsozlarning ishlari bilan tanishib, shu yerda yashovchi aholi vakillari bilan muloqot qildi. Mahalla obod bo‘lishligi uchun har bir fuqaro o‘zi yashayotgan uyni oqlab, yon-atrofini ko‘rkam qiyofaga keltirishi kerakligi aytildi.

Bundan tashqari viloyat hokimi “Arabxona”da "Obod mahalla" dasturi doirasida barpo etilayotgan mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosini ham borib ko‘rdi.

14-07-2021 |
Foto galereya