Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov boshchiligidagi viloyat ishchi guruhi Gʻuzor tumanida bo‘lib, "Green Agro House" MCHJ korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxona boshqaruvchisi tomonidan ayni kunda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida aholini bandligini ta’minlashdagi rejalari haqida viloyat ishchi guruhiga taqdimot qildi.
 
 
Shundan so‘ng viloyat ishchi guruhi va tumandagi sektor rahbarlari korxona tomonidan gidroponika usulida barpo etilgan 8 gektarli issiqxonada yetishtirayotgan gul ko‘chatlari, pomidor-bodring mahsulotlarini ham ko‘zdan kechirishdi.
 
 
Ma’lumot uchun, ayni kunda issiqxonada 100 nafarga yaqin “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan o‘rin olgan ayollar va yigit-qizlar doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, "Green agro Hous" MCHJ va Xalq banki krediti hisobiga amalga oshirilayotgan 17 mlrd. so‘mlik 3 ta loyiha taqdimoti ham o‘tkazildi.
06-12-2021 | Ijtimoiy | 149
Foto galereya