Joriy yilning 2 dekabr kuni viloyat hokimligi binosiga bir guruh fuqarolar ancha vaqtdan buyon ish joyidan ish haqini ololmay yurgani, ko‘p bora murojaat qilishgani, bunga qurilish firma rahbariyatidan ham deputat E.To‘xtayev ish haqini so‘rab telefon qilsa qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgani, barchasini oila a’zolari moddiy tomonlama qiyinchilikka duch kelayotganini aytib murojaat bilan kelishgan. 
 
Ushbu holatga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari A.Sodiqov va xizmat safari bilan Farg‘ona viloyatidan kelgan blogerlar ham guvoh bo‘lib, ishchilarni holatiga rahmi kelib, videoga olishib, har ikkalasi tomonidan fuqarolar tomonidan jahl ustida gapirilgan deputatlik maqomiga ta’sir o‘tkazadigan so‘zlar ijtimoiy tarmoqlarga ketib qolgan. Aslida, tadbirkor deputat bo‘lsa-da, murojaatchilar ishni tezroq bitirish uchun deputatligini aytib kelishgan.
 
Bugungi kunga kelib, ishchilarni berilmagan ish haqlari shaxsan Erkin To‘xtayevni sa’yi-harakatlari bilan bartaraf etildi va ish haqlari to‘lab berildi. Ishchilar deputatdan rozi bo‘lib, rahmat aytishdi. Bu yerda hech qanday deputatlik odobi buzilmagani, qurilish sohasida tadbirkorlik qilishi deputatlik holatiga bog‘lik emasligi aniq bo‘ldi. 
 
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonunining 14-moddasida "Deputat o‘z vakolatlarini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda amalga oshiradi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari deputatni u o‘z deputatlik vazifalarini bajaradigan vaqtda, uning ish joyini (lavozimini) saqlagan holda, ishdan ozod qilishlari shart. Deputatlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda deputatning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi", deb ko‘rsatilgan. Ya’ni, bemalol O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridan chetga chiqmagan holda barcha sohalarda faoliyat olib borishi mumkin.
 
Shu o‘rinda, viloyat hokimligi axborot xizmati deputatdan so‘ramasdan, fuqarolar tomonidan deputatga nisbatan jahl ustida aytayotgan gap-so‘zlarini tahrirsiz internet tarmoqlariga joylagani uchun uzr so‘raydi. 
 
Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati.
06-12-2021 |
Foto galereya