Viloyatda aholi murojaatlari soni keskin kamayib borishi Prezidentimizning mamlakatimizda yil davomida odamlar bilan to‘siqlarsiz doimiy muloqotni amalga oshirish tizimini yaratgani natijasidir.

Kecha viloyat hokimi Murotjon Azimov bilan uchrashish uchun murojaat yuborgan bir guruh fuqarolar bilan qabul tashkil etildi.

Murojaatlarning asosiy qismini moddiy yordam yoki kredit olish, uy-joy bilan taʼminlash, sog‘liqni saqlash, taʼlim, ishga joylashish, sud-huquqga oid muammolarni tashkil etdi. Ko‘plab murojaatlar joyida hal etildi, o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

17-05-2023 |
Foto galereya