1 - iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan viloyat hokimi Murotjon Azimov viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘ldi va u yerdagi bolajonlarni hamda ularning ota-onalarini bayram bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, bolalar orasida bemorlar bo‘lmasligi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi zarurligini ta’kidlab, bemor bolalarni o‘yinchoqlar bilan siyladi va ularning Prezidentimizga atalgan dil so‘zlarini tingladi.
 
 
 
Viloyat hokimining markazga tashrifi davomida teatrlashtirilgan tomoshalar,  bolalar musiqa maktabi o‘quvchilari ishtirokidagi konsert dasturi davraga yanada fayz ulashib, bolalar uchun bayram dasturxoni ham tashkil etildi.
 
 
 
Shu bilan birga Murotjon Azimov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Bobur Teshayev va Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyev hamrohligida shifo maskanida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, bu yerda  amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar, davolanuvchilar uchun ko‘proq qulayliklar yaratish, shifoxona moddiy-texnik bazasini rivojlantirish yuzasidan tavsiya va topshiriqlar berdi.
02-06-2022 |
Foto galereya