Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bо‘limi, Nishon tumani hokimligi hamkorligida О‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bо‘lib о‘tdi. Yangi Nishon, Tallimarjon va Nuriston shaharchalarida bо‘lib о‘tgan uchrashuvlarda shoirning turmush о‘rtog‘i, Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi raisi, “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni sohibi Nazira As-Salom ishtirok etdi.

Qiziqarli savol-javoblar, kuy-qо‘shiq va  mushoiralar tarzida о‘tkazilgan tadbirlar taassurotlarga boy bо‘ldi.

- Men Qashqadaryoni yangidan kashf etdim,- deydi Nazira As-Salom, shaharlarning chiroyiga chiroy qо‘shilibdi. Qarshini, Shahrisabzni ziyorat qildim, xayratlandim. Ayniqsa, nishonlik iqtidorli yoshlarni kо‘rib juda quvondim. Sevimli shoirim xalqning qalbida, ardog‘ida ekanidan tо‘lqinlanib ketdim. Qayerga uchrashuvga bormayin, Muhammad akamning suratini lolaqizg‘aldoqlar bilan bezashibdi. Muxlislar shoir she’rlarini, qalbining haroratini anglaganliklaridan darak bu.

Shuningdek, tadbirlarda “Nishon tongi” gazetasi muharriri Sherxon Qorayevning “Muhammad Yusuf va G‘aybulla As-Salom” kitobining taqdimoti ham bо‘lib о‘tdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

24-04-2019 |
Foto galereya