Viloyatning 2022-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan Kitob tumanida loyiha qiymati 15 milliard so‘mlik "SS SPECIAL STONE" MCHJ korxonasi tashkil etildi. Tadbirkorning o‘z mablag‘laridan tashqari Xalq banki ATB tuman filiali tomonidan ajratilgan 900 ming AQSH dollar miqdoridagi kredit evaziga Xitoy davlatidan asosiy uskunalar olib kelib o‘rnatilmoqda. 
 
16 ming tonna quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada ayni vaqt 15 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi. Mahsulotlarni sotishda nafaqat ichki bozorga balki, qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘iston Respublikalariga ham eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.
 
Ma’lumot uchun, joriy yilning 18-may kuni Kitobning "Makrid" kengliklari hududidagi 62 gektar yer maydonida "Qarshi konch sement", ya’ni 400 ta yangi ish o‘rni yaratilgan yiliga 1,2 million tonna M-400, M-500 va M-600 markali sement ishlab chiqaruvchi hamda mahsulotining 30 foizini Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Xitoy kabi davlatlarga eksport qiluvchi yirik zavod ishga tushirilgan edi.
12-08-2022 |
Foto galereya